"Bir haftada bir kitob" loyihasida ishtirok etish shartlari

"Bir haftada bir kitob" loyihasida ishtirok etish shartlari

Mirazam To‘xtasinov

Loyihada ishtirok etish uchun avvalo siz @NamDU_iqtidor telegram kanaliga a'zo bo'lishingiz kerak;

Har hafta boshida o'qish uchun bir nechta kitobdan iborat so‘rovnoma taqdim etiladi. So‘rovnomada eng ko'p ovoz to'plagan kitob esa hafta kitobi deb e'lon qilinadi;

Hafta davomida shu kitob o'qib tugatilishi shart;

Hafta yakunida (yakshanba kuni) esa @NamDU_iqtidor telegram kanalida soat 20:00 da o‘qish uchun tavsiya etilgan kitob bo'yicha online test bo'lib o'tadi.

Testda eng ko'p to'g'ri javob bergan ishtirokchilar g'oliblikni qo'lga kiritadilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra yuqori o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarning ballari teng bo‘lib qolgan taqdirda, o‘sha ishtirokchilarning test ishlash uchun sarflagan vaqtlari inobatga olinadi va g‘olib bo‘lgan ishtirokchi yuqoriroq o‘rinda deb hisoblanadi.

Yakuniy test natijalariga ko‘ra g‘oliblar quyidagicha taqdirlanishadi:

1-o‘rin: 1 nafar – 300 000 so‘m va I darajali diplom;

2-o‘rin: 1 nafar – 200 000 so‘m va II darajali diplom;

3-o‘rin: 1 nafar – 100 000 so‘m va III darajali diplom.

Sovrindorlardan so‘ng eng yuqori ball to‘plagan 4-10-o‘rindagi ishtirokchilar maxsus sertifikat bilan taqdirlanadi.

Eslatma: Ushbu tanlovda ishtirok etish uchun hemis tizimidagi "Talalaba ID raqamini (misol uchun 309221100264) https://iqtidor.namdu.uz/ saytiga kiritish orqali ishtirok etiladi.



Report Page