“Bir fuqaro – bir ovoz” tamoyili joriy etiladi

“Bir fuqaro – bir ovoz” tamoyili joriy etiladi

EconomyMoliyaPress

Aholini “Tashabbusli budjet” jarayoniga keng jalb qilishni yanada kuchaytirish, o‘tgan davr mobaynida orttirilgan tajribani inobatga olgan holda mazkur tizimni yanada takomillashtirish maqsadida “Tashabbusli budjet” jarayonlarini tartibga solish bo‘yicha amaldagi tartibga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.

Bunga ko‘ra, endilikda:

·       “Tashabbusli budjet” jarayonlari “Bir fuqaro – bir ovoz” tamoyili asosida o‘tkazilishi;

·       “Mening yo‘lim” loyihasi har yili “Tashabbusli budjet” jarayonining birinchi mavsumi bilan birlashtirilgan holda o‘tkazilishi;

·       loyihalarni saralab olishda shaffoflik va haqqoniylikni  ta’minlash maqsadida Ishchi komissiya yangilangan tarkib asosida shakllantirilishi;

·       xarid qilish bilan bog‘liq loyihalar tegishli vazirliklar tomonidan tasdiqlangan elektron reyestr asosida shakllantirilishi;

·       asossiz ravishda loyihalarni rad etish holati kuzatilgan tuman va shaharlarda saralash bosqichi vakolatli organ tomonidan amalga oshirilishi;

·       jamoatchilik nazorati doirasida fuqarolar qonun buzilishi holatlari yoki kamchiliklar kuzatilganda Portal orqali “Favqulodda xabar” qoldirilishi va ushbu loyihalar vakolatli organ tomonidan nazoratga olinishi;

·       yil yakunlariga ko‘ra har yili dekabr oyida Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan “Tashabbusli budjet” jarayonida faollik ko‘rsatgan bir guruh fuqarolarning rag‘batlantirilishi;

·       kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan pudratchilarni “Shaffof-qurilish” tizimining Insofsiz ijrochilarning yagona reyestriga kiritilishi bo‘yicha taklif kiritilishi kabi o‘zgartirishlar nazarda tutilmoqda.


Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Axborot xizmati

Report Page