Bir chiziqcha kuchi

Bir chiziqcha kuchi

@eonia13


Hozir bir vaqtlar tutgan bloknotim ichidan topib oldim. Ikkita sana orasida ishlatadigan chiziqcha yaʻni "tire" maʻnosi haqida yozgan ekanman. Ikki sana oʻrtasidagi chiziqchaning ahamiyati shu qadar kuchli boʻlsada odatda biz deyarli ahamiyat bermas ekanmiz. Misol uchun ikkinchi jahon urushini olaylik. 1941-1945 yillar. Bu yillar davomida bir necha yuz minglab oilalar barbod boʻlgan, ana shu chiziqcha ichida insoniyat tarixidagi eng yovuz vahshiyliklar boʻlgan. Yoki 1347 - 1351 yillarni olaylik. Bizlar uchun bular oddiy sonlar boʻlib koʻrinsada ana shu sonlar orasidagi chiziqchada 200 million odam qora oʻlat kasalligi tufayli qirilib ketgan. Sovet davri, 1922 - 1991 yillar. Bu davr kimlar uchundir yaxshi davr va yana kimlar uchundir juda ayanchli 70 yillik boʻlgan. Keyingi davr mustaqilligimiz davri. Unga 1991-yilda chiziqcha qoʻyilgan va umid va harakat qilamiz ikkinchi sana bunga qoʻyilmaydi.

Keyingi eng muhim "tire", CHIZIQCHA bu har kuni qoʻyiladigani. Bugun va oʻlim orasida qoʻyiladigan chiziqcha.


Ana shu chiziqchani yashash kerak. Hayot mazmuni chiziqcha ikki tomonidagi sanalarda emas balki aynan ana shu chiziqchada...

©️ Behzod Tashbayev


@eonia13 - balki foydasi tegar...

Report Page