Bir-birimiz uchun mas'ulmiz: navbatlar, tartib va hamjihatlik

Bir-birimiz uchun mas'ulmiz: navbatlar, tartib va hamjihatlik

Zafar Hoshimov

Hurmatli doʻstlar,

Bunday mushkul kunlarda biz nafaqat mahsulotlarni oʻz vaqtida yetkazib berish va xaridorlarimizga sifatli xizmat koʻrsatishga, balki ularning va xodimlarimizning ham xavfsizligi uchun katta masʼuliyatni his etamiz.

Ayni vaqtda biz deyarli barcha doʻkonlarimizda xaridorlar oqimining koʻtarilganini kuzatyapmiz. Doʻkonlarimizning toʻlib-toshgani, boshqa vaqt boʻlganida, albatta, bizni quvontirgan boʻlardi. Afsuski, hozir jahonda pandemiya qizigan palla hukm surmoqda.

Ertaga shaxsiy avtomobilda harakatlanish qiyin kechishini ham tushunib turibman. Men ertaga bozor va supermarketlar ishlamaydi degan mish-mishlar kezib yurganini ham bilaman, bu yolgʻon va dezinformatsiyadir.

Shu sababli biz doʻkonlarimizga keluvchilar xavotirini pasaytirish uchun maʼlum choralarni kuchaytirish — savdo zallarida va kassa hududi yaqinida xavfsiz masofa saqlash imkoniyatini hosil qilish maqsadida zudlik bilan zarur choralarni qabul qildik.

Shu maqsadda maʼlum vaqt oraligʻida doʻkonlarimizga kirishni yopib turamiz. Tashrif buyuruvchilardan esa doʻkon tashqarisida navbat bilan bir-birlaridan xavfsiz masofani saqlagan holda turishlarini soʻraymiz. Doʻkon ichkarisidagi tashrif buyuruvchilarning nisbatan erkin harakati taʼminlangach, biz kamaytirib borish tartibida mijozlarni ichkariga kirgizamiz.

Chora-tartiblarimizni toʻgʻri tushunasiz, degan umiddaman. Ushbu choralar, biz — tadbirkorlik vakillari uchun ham juda yoqimli va juda foydali yechim emas, lekin, takrorlayman, hozir biz uchun sizning sogʻligingiz, xavfsizlik va farovonligingiz muhimroq.

Xorijdagi mamlakatlardan birida supermarketga kirish tartibi

Biz eng boshidanoq xaridorlarimizning sogʻligini saqlash uchun muhim choralarni amalga oshirdik. Biz antiepidemik va karantin chora-tadbirlarining peshqadamlaridan boʻldik. Harakatlarimiz ijobiy namuna sifatida nafaqat oʻzimizning va xorijiy OAV tomonidan muhokama qilindi, balki hukumat va koronavirus tarqalishiga qarshi kurash boʻyicha maxsus komissiyaning tegishli qarorlarida tilga olingan, qayd etilgan standartlarga aylanib ulgurdi.

Do‘konlarimizda oʻzining va atrofdagilarning sogʻligiga xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan gavjumlik boʻlayotganida biz endi ham jimgina qarab tura olmaymiz.

Sogʻlom odamlar mavjud kasallik tahdidiga qarshi yelkama-yelka turish chaqirigʻini toʻgʻridan-toʻgʻri soʻzma-soʻz tushunish kerak emasligini anglaydi, deb ishonaman.

Va bilingki, #biz_siz_haqingizda_qayguramiz

Report Page