Bir asar mutolaasidan:)

Bir asar mutolaasidan:)

Shahzodbek G'ulomjonov

《...Atrofida o'tirgan do'stlari ham unga qo'shilishib, yuzlariga fotiha tortdi.

- Oshna, qarasam ovqatdan keyin ham, namozdan keyin ham doim duo qilasan. Bizning duolarimiz esa sira qabul bo'lmaydi, nega shunday? - deb qoldi Ali.

- Menga qara, do'stim, masalan, bir bemor bola shifokorni chaqirsa va "menga stol ustida turgan dorini bering", desa, doktor unga uch xil ko'rinishda javob qaytarishi mumkin:
-bola saratonga chalingan va u so'ragan dori shu kasallikka qarshi bo'lsa, shifokor bolaning istagini beradi. Bolaning boshi og'riyotgan bo'lsa-yu, lekin saraton dorisini so'rasa, shifokor unga bosh og'rig'ini qoldiradigan, u uchun yaxshi foyda beradigan boshqa dorini beradi. Bolaga umuman dori kerak bo'lmasa yoki u ichidan dori ziyon yetkazishini bilsa, shifokor bolaga umuman hech narsa bermay qo'ya qoladi.

Alloh taolo ham o'tmishni, hozirgi kunni, kelajakni ko'ra bilgani uchun qo'lining duosiga uch ko'rinishda javob qaytaradi: yo u so'ragan narsaning aynan o'zini beradi yoki banda kamroq duo qilgan bo'lsa, unga ko'proq manfaat keltiradigan ko'rinishda beradi, yoxud, bu dunyoda u istagan narsani bermasligi uning uchun yanada ko'proq foyda keltirishini bilgani va oxiratda eng go'zal ko'rinishda berishi sababli so'raganini bermaydi.》

"Izlash" (Mehmet Yildiz).

@Universal_Library - siz izlagan manzil🕊

Report Page