Bilim va malaka — samarali faoliyat poydevori

 Bilim va malaka — samarali faoliyat poydevori


“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan xodimlarning kasbiy bilim va ko’nikmalarini bugungi zamon talabi darajasida oshirib borish, ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilab olingan. Darhaqiqat har bir ishchi xodimning malakasi, ilmiy salohiyatining yuqoriligi korxonani tizimli rivojlanishida va xizmat ko’rsatish sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayni shu munosabat bilan jamiyat tarkibidagi elektr ta’minoti korxonalari hisobchilari va tarmoqdagi yo’qotishlarni kamaytirish bo’yicha mas’ul muhandislarning bilim darajasini oshirish maqsadida o’quv dasturlari ishlab chiqilib, amaliy dars jarayonlari tashkil qilindi.

 Darslar jarayonida:

-         Axborot va kiberxavfsizlik,

-         Elektr energiyasi iste’molchilariga xizmat ko’rsatish sifatini samarali tashkil etish,

-         Xizmat ko’rsatishda zarur bo’lgan dasturiy komplekslar imkoniyatlaridan foydalanish bo’yicha bilim darajasini oshirish,

-         Korrupsuyaga qarshi kurashish va unga yo’l qo’ymaslik,

-         Hujjatlar bilan ishlash tartibi hamda moliyaviy intizomni mustahkamlash,

-         Joylarda elektr energiyasini iqtisod qilish va tarmoqlardagi yo’qotishlarni qisqartirish,

-         Texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iyan rioya qilish mavzularida mutaxasislar tomonidan batafsil ma’lumotlar berilib, bilimlar amaliy jarayonlar bilan mustahkamlanmoqda.

Shuningdek, amaliy mashg‘ulotlar orqali ish jarayonida uchrayotgan ayrim masalalar muhokama qilinib, ularning yechimlari yuzasidan tavsiyalar berilmoqda. Bu esa xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash bilan birga, kelgusidagi ish faoliyatida yanada samarali natijalarga erishishiga xizmat qiladi.

 


Report Page