Better You Better Uzbekistan
Ahmad Qodirov
Xayrli kun azizlar, Alhamdullillah 2021-yil o'tgan yilgidan ko'ra ancha barokotli keldi. Maqtanish deb qabul qilmaysiz, ochiqlik ila bir hisobot yozgim keldi. Shu yil mobaynida Qoraqolpog'iston va mamlakatimizning barcha viloyatlarida umumiy sonda 15 ta "Better You Better Uzbekistan" nomli seminarlar o'tkazishga muvaffaq bo'ldim. Bu tadbirlarga imkoni boricha barcha kelishi uchun bepul qilindi va umumiy qatnashuvchilar soni 500-700 atrofida bo'ldi. Shu bilan birga @ahmadqodirovcom blogga biriktirilgan @BetterUzbekistan guruhida 13 oydan beri oramizda kitob o'qiydiganlarni sonini oshirish uchun "Mutolaa marafonlari uyushtirildi va hozir ham davom etmoqda. Ushbu marafonlar orqali eng kamida 200 kishi kitobxon bo'ldilar va har birlariga va'da qilingan kitoblarni biz berdik. Chet elda yashab qatnashgan vatandoshlarimiz yoki o'zlari kitobni ololmaganlarni kitobini biz boshqalarga hadya qildik. Bahor oylarida 1000 tup ko'chat tadbiri qildik, ko'p bo'lmasa ham bundan ruhlanganlar bilan 100 ga yaqin ko'chat ekdik.
Shu paytgacha bu tadbirlar asosan shahsiy byudjet hisobiga amalga oshirilgandi, agar 2022 yilda esa agar Yoshlar agentligi va Ekologiya partiyalari bu proyektlarni qo'llab quvvatlasa katta ko'lamda amalga oshirish niyat bor. Ularga quyidagilar kiradi.
1) Mutolaa marafonlarimiz orqali 1 million yoshlarni kitobxonga aylantirish
2) Viloyat markazlari o'laroq, har bir qishloqda hech bo'lmaganda 100 ta kitobga ega bo'lgan kichik kutubxonlar qurdirish.
3) 1 million ko'chat ekish.
Quyida seminarlardagi rasmlarni ko'rishingiz mumkin. Mana bu kanal orqali esa biz tashkil qilgan proyektlarga bildirilgan fikrlar jamlangan: https://t.me/Halloffame_IELTSJOURNEY














