Best practice
Abduvohid ErgashevBu maqolada oddiy mavzu, lekin foydali uslub haqida o'qishingiz mumkin.

Ha, ko'rib turganingizdek, bu shart operatori.
Odatiy holatda biz qanday ishlatamiz:

Ba'zan shunday holatlar bo'ladiki, shart operatori ichidagi mulohaza o'zgaruvchi nomlari va tekshirilayotgan qiymatlar sababidan sintaktik jihatdan uzunlashib ketadi. Misol uchun:

Bunday uslubda yozish xato emas. Lekin bir nechta kamchiliklari bor. Birinchi kamchilik bu — o'qish imkoniyati(readability)ning nisbatan qiyinligi. Ya'ni code review qilayotgan odam shartdagi o'zgaruvchi tekshirilayotgan qiymatni ko'rish uchun o'sha qatorning deyarli oxirigacha o'qib borishi kerak.
Yoki yana bir holat:

Bu holatda agar status null bo'ladigan bo'lsa, NullPointerException yuzaga keladi va logika oxiriga yetmasdan, jarayon yakunlanadi.
Tavsiya qilingan uslub, kutayotgan qiymatingizni birinchi yozing! Bu orqali, birinchidan, kodingizni o'qilishini osonlashtirgan bo'lasiz, ikkinchidan, null ga ortiqcha tekshirish va NullPointerException'lardan qutilgan bo'lasiz.
