“Berlin Economics” kompaniyasi vakillarining avtomobillar uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaradigan zavodlarga tashrifi 

“Berlin Economics” kompaniyasi vakillarining avtomobillar uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaradigan zavodlarga tashrifi 

EconomyPress

Joriy yilning 14-iyun kuni Germaniya Federativ Respublikasining “Berlin Economics” kompaniyasi vakili Voldemar Valter va kompaniyaning Oʼzbekistondagi vakili Bahtiyor Eshchanov hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish vazirligi vakili Bobur Sodikov Toshkent shaxri va viloyatidagi avtomobillar uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaradigan  "UzAuto Motors Powertrain" АJ korxonasi, "Cooperation LAB" koʼrgazmasi, "TECHNOLOGIES OF REAL TIME" MChJ qoʼshma korxonasi xamda Turin Politexnika universitetida boʼldi.

Kompaniyaning tashrifidan asosiy maqsadi, mashinasozlikni rivojlantirish bo'yicha o'zaro manfaatli va samarali hamkorlikni yanada mustahkamlash va mashinasozlik klasterini rivojlantirish konsepsiyasini birgalikda ishlab chiqish va uni tegishli yo'l xaritasi bilan to'ldirishdan iborat.

 Dastlab uchrashuvlarda korxona vakillari mehmonlarni korxonani  rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar va xorijdan o’rganilayotgan tajribalar bilan tanishtirdilar va  amalga oshirilayotgan ishlar bo'yicha kutilayotgan natijalar va muammolar haqida aytib o’tildi.

Shuningdek, Turin politexnika universiteti vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda universitetdagi robototexnika zallari, talabalar tomonidan yaratilgan texnologiyalar bilan tanishtirildi xamda universitetning xorijiy xamkorlari haqida so'z bordi.

Uchrashuv yakunida korxona vakillarining fikrlari va taklifari tinglandi va bu bo‘yicha “Berlin Economics” kompaniyasi qisqa muddatda o‘z takliflari xamda muammolarga yechimlar bilan o‘rtoqlashishga kelishib olindi.

 

 

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

 Axborot xizmati

Report Page