Bepul universitet: Norvegiyadagi Bergen universiteti

Bepul universitet: Norvegiyadagi Bergen universiteti

O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi

Bugun navbatdagi oʻqish bepul oliygoh – Norvegiyada joylashgan Bergen universiteti haqida maʼlumot beramiz. Mazkur universitet Norvegiyaning Bergen shahrida joylashgan boʻlib, hozirda ushbu oliygohda taxminan 17 ming talaba tahsil oladi.

Universitet dunyoning eng nufuzli bilim yurtlaridan biridir. Jumladan, THE reytingiga koʻra, 2021-yil holotida duyodagi eng yaxshi universitetlar roʻyxatida 201-250-oʻrinni band qilib turibdi.

Bergen universiteti Norvegiyada davlat universiteti hisoblanadi va bu oliygohning bakalavriat va magistratura bosqichida oʻqish mahalliy talabalar uchun ham, xorijiy talabalar uchun ham butunlay bepul, yaʼni kontrakt summasi (tuition fee) toʻlanmaydi.

Biroq talabalardan har semestrda bir marta Talabalar farovonligi taʼminlash tashkilot badalini toʻlash talab etiladi. Bu summa 2021-yil holatiga koʻra semestriga 590 NOK (taxminan 70 AQSH dollari)ni tashkil etadi. Universitetda bundan boshqa toʻlov mavjud emas. Demak, dunyoning eng nufuzli universitetlaridan birida yiliga atigi 140 AQSH dollari toʻlab tahsil olishingiz mumkin.

Bergen universitetida magistrlik dasturlari norveg va ingliz tillarida olib oʻqitiladi. Ingliz tilida oʻtiladigan magistrlik yoʻnalishlari bilan shu yerda tanishishingiz mumkin.

Magistrlik dasturlariga hujjatlar har yili odatda 1-noyabrdan 1-dekabrgacha Søknadsweb portali orqali onlayn tarzda topshiriladi.

Ingliz tilida oʻqitiladigan magistrlik dasturlarga qabul qilinish uchun nomzodlardan quyidagi til sertifikatlaridan biri talab etiladi:

– IELTS – minimum 6.5 ball;

– TOEFL (iBT) – minimum 90 ball;

– PTE – minimum 62 ball.

Bergen universitetiga qabul qilinish shartlaridan yana biri – Norvegiyada hayot kechirishingiz uchun yetarli mablagʻga ega boʻlishingizni isbotlovchi hujjat hisoblanadi.

Bunday hujjat oʻqishga kirgandan keyin viza berilishida ham kerak boʻladi. Ushbu hujjat sizning Norvegiyada hayot kechirishingiz uchun 123 519 NOK (taxminan 14 622 AQSH dollari)ga ega ekanligingizni tasdiqlashi lozim (2021-yil holatiga koʻra).

Mablagʻ haqidagi hujjat sifatida quyidagilardan biri boʻlishi taqdim etilishi kerak:

– Hisobingizda shuncha mablagʻ borligi haqidagi bank maʼlumotnomasi (Bank Statement);

– Homiylik xati va homiylik qiluvchining hisobi haqida bank maʼlumotnomasi (Bank Statement);

– Oʻz davlatingizdan beriluvchi grant, stipendiya yoki taʼlim kreditini tasdiqlovchi hujjat.

Biroq universitetdagi bakalavrlik dasturlari faqat norveg tilida olib boriladi (ingliz tilidagi bakalavriat dasturlari yoʻq) va bakalavriatda oʻqishni xohlovchilardan norveg tilini bilish talab qilinadi.

Rasmiy havola
manba: grantlar.uz

Report Page