Bepul narsani o'zi yo'q
MichaelO'tgan yili qisqa muddat Duolingo bilan Yapon tilini o'rganishni boshlagan edim.
1 oy ichida ilovani o'zidan Yaponiyaga tushib qolsam adashib qolmaydigan darajaga chiqa oldim. Salomlashish, yo'nalish so'rash, yordam so'rash va yordam berishni o'rgandim.
Hozirga kelib barchasi esimdan chiqib ketganini hisobga olmasak juda yaxshi yordam berdi. Bir tiyin ham pul to'laganim yo'q, ilovani o'zida har kuni mazza qilib, bepul o'rgandim.
Pullik modeliham bor albatta. Ba'zi featurelarni oylik to'lov bilan olishingiz mumkin, lekin bepul modelni o'zidaham qiynalmasdan o'rgansa bo'ladi.
Dasturchi sifatida bir narsani bilaman - bunday ilovani qurishdan tortib hozirgi holatigacha olib kelish va uni doimiy ishlashini nazorat qilish va takomillashtirib borish arzonga tushmaydi.
Data centerlar, serverlar va marketing uchun juda ko'p pul ketib qoladi. Pullik modelini o'zi bilan bu harajatlarni qoplash qiyin deyish uyoqda tursin, shunchaki imkonsiz.
Bu haqida kichik post ham yozgan ekanman, bugun shu mavzuga chuqurroq kiramiz.
Izlanib ko'rib bir xulosaga keldim - Duolingo uchun foydalanuvchilar mijoz emas, mahsulot ekan.
Ilovadan foydalanishda eng qimmatbaxo malumot to'planishiga hissa qo'shamiz. O'rganib borar ekanmiz, ilova har bir harakatimizni eslab qoladi va yig'ib boradi. Qaysi javobni tanlaganimiz, qancha o'ylanganimiz, nimalarda xato qilganimiz va hokazo.
Til o'rganish uchun mahsulot quruvchilar uchun bu juda kerakli narsa - Sun'iy Intellekt va KTM (Katta Til Modeli)lar uchun yillar davomida yig'ilishi kerak bo'lgan narsa oddiy ilovani o'zidan chiqib keladi.
Model "data-flywheel" deb ataladi ekan. Duolingoni asosiy foydasi Plus obunasini sotishdan emas, yig'ilgan malumot bazasidan keladi.
Yaqinda shunga o'xshash bir holat yuzaga chiqdi.

Pokemon Go o'yini bor edi - mashxur animedagi "pokemon"larni telefoningiz kamerasi bilan shaxar bo'ylab ovlab yurish imkonini berar edi.
Aylanib yurasiz, atrofingizdagi "pokemon"larni ko'rsatadi, o'sha joyga borib kamerani yoqsangiz pokemon sizniki bo'ladi.
Bu o'yindaham data-flywheel modeli ishlatilgan. Kompaniya Pokemon Godan avval Artificial Reality uchun o'yin chiqargan edi - foydalanuvchalar har hil nuqtalarni "portal" deb belgilaydi, huddi Pokemondek kameradan foydalangan holda.
Yig'ilgan malumot esa Duolingodan farqli ravishda Til haqida emas, joylashuv haqida bo'lgan. Buni haritalar, girgitton (dostavka) ilovalari va boshqa joylashuvga doir ilovalarda ishlatilishi mumkin bo'lgan, va ular uchun qimmatbaxo malumot to'planib kelgan.
Duolingodaham, Pokemon Godaham foydalanuvchalar shunchaki o'yin o'ynayapmiz, bizga bepul imkoniyat qilib berishdi deb xursand bo'lib yurgan. Tagida esa o'zlari mahsulot bo'lib qolishgan.
"If something is free, you are the product"
Degan gapni ancha oldin eshitgan edim. Ikkita misolni ko'rib bunga tasdiq oldim.
Shunga o'xshash misollar atrofimizda ko'p: supermarket va restoranlar "degustatsiya" (ta'tib ko'rish)ni taklif qiladi, online kurs egalari avval bepul webinarlar o'tib beradi, ilovalarda "free trial" funksiyasi mavjud. Bepul narsa bilan e'tiboringizni olib, pul sarflashingizga yo'l ochib beradi.
Faqat bu holatlarni Duolingo va Pokemondan katta farqi bor - supermarket nimadur sotib olishingizni bilib turib degustatsiya taklif qiladi, kurs egasi webinardan potensial mijoz chiqishini bilib turib webinar o'tadi, ilovadan bepul foydalanib ko'rsak pulligini olishni xohlab qolishimizni bilib turamiz. Nima evaziga nima olayotganimiz aniq. Almashuv shaffof.
Asosiy farq - birinchi holda nima to'layotganimizni bilamiz, ikkinchisida - bilmaymiz. "Yashirin to'lov" borligidan behabar qolib ketamiz.
Hayotimizda "yashirin" to'lovli holatlar judayam ko'p, eng yaxshi misol Instagram bo'lsa kerak. O'zim instagramdan bir necha yil foydalanib keldim, hozir kiradigan bo'lsam Reels orqali men haqimda o'zim ham bilmaydigan malumotlar chiqib keladi.
Nimani yoqtirishim, nimani yomon ko'rishim, siyosiy fikrlarim, kimlarni kuzatishim, kimlar bilan aloqada bo'lishim va ishimga yondashuvim haqida hamma malumotni biladi.
Biz instagramni mahsuloti bo'lib nafaqat malumotni, balki to'liq e'tiborimizni ham topshirib qo'yamiz. Millionlab foydalanuvchi Reels titkilab o'tirar ekan, har 3-4tasini orasida 100% shaxsiylashtirilgan reklama chiqib keladi.
O'tgan yili uy sotib olgan edim. Shartnomaga imzo qo'yishim bilan Instagramda uylar reklamasi chiqa boshladi. Tog'da snowboarding qilgani chiqib kelgan edim, ertasiga snowboardlar reklamasi chiqa boshladi. Uzumdan bloknot sotib olgan edim, uzoq o'tmay yoniga "ruchka kerakmi?" degan reels chiqib keldi.
Bunday holatlar paranoyaga sababchi bo'lishi mumkin - "telefonimiz bizni eshitib turadimi? Kamerasi ishlab turadimi? Ovozlarimizni doimiy yozib yuradimi?". Tizim aslida juda oddiy ishlaydi, dasturchi sifatida buniham izlanib ko'rdim.

Ilovani o'zidagi harakatlaringiz malumotni kichik bir qismini beradi holos. Qaysi videoga like boshingiz, qaysi birini ulashishingiz, nimalarni saqlab qo'yishingizdan sizga qiziq bo'lgan keyingi narsani aniqlaydi.
Ko'p saytlarda Meta Pixel skripti qo'shilgan bo'ladi. Saytga kirgan har bir qadamingizni yashirin tarzda Facebookga topshirib turadi - qaysi knopkani bosganingiz, nimani qidirganingiz, qaysi mahsulotni ko'rganingiz.
Kompaniyalar o'rtasidagi almashuv shaffof - Meta (Facebook va Instagram ota kompaniyasi) sayt egalariga analitika taklif qiladi, evaziga foydalanuvchilar haqida malumot to'plab boradi.
Uzum Market misolida ko'rsak - uzumga kirasiz, bloknot qidirasiz, bir nechta variantlar ko'rasiz lekin sotib olmaysiz. Buni Meta Pixel yozib oladi, instagramda Uzum Market target yoqsa sizga aynan o'sha bloknot chiqarib beradi. Natijada ham Uzum mahsulot sotilishi bilan, Meta esa Uzum target reklama uchun pul to'lashi bilan foyda ko'radi.
Saytga kirganingizda "do you accept cookies?" yozuvini ko'rganmisiz? "Cookie" ko'rinishidagi fayllar qurilmangizga joylashtiriladi, qimmatbaxo malumot to'plab bo'lgach kompaniyaga yuboriladi.
Juda soddalashtirib tashladim aslida. Jarayon tushuntirganimdan ancha murakkabroq ishlaydi. Duolingo va Pokemon ilovani ichida malumot yig'sa, Instagram ilovadan tashqariham to'playdi.
Buyog'iga nima qilsak bo'ladi?
Well, ochig'i tanlovimiz ham ko'p emas.
Duolingo yig'ib bergan malumotni to'g'ridan to'g'ri qarorlarimizga ta'siri yo'q. Foydalanaversak bo'ladi.
Pokemon Go oddiy bir o'yin, texnalogiyani sinovi va rivoji uchun yig'ilgan malumot bor holos. Zarari yo'q.
Lekin Instagram va shunga o'xshash social media ilovalaridan biroz ehtiyot bo'lganimiz yaxshi, chunki hayotimizga to'g'ridan to'g'ri ta'sir o'tkazib turadi - nimani xohlashimiz, kimga havas qilishimiz, nimani sotib olishimiz ko'pincha ko'rganlarimizdan kelib chiqadi.
Bepul mahsulotlardan foydalanishda davom etishingiz mumkin. Men asl narxini yoritib berishga harakat qildim.