“Bepoyon O‘zbekiston” Qoraqalpog‘iston Respublikasi (o'zbek tilida)

“Bepoyon O‘zbekiston” Qoraqalpog‘iston Respublikasi (o'zbek tilida)

"O'zdavyerloyiha" DILI Axborot xizmati

Parlament boshqaruv shakliga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi tarkibidagi eng katta hudud bo‘lmish Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa hudud kattaligi sababli Janubiy tumanlar yaʼni Amudaryo, Beruniy, To‘rtko‘l, Ellikqaʼla tumanlari uchun alohida Yer tuzish guruhi tuzilganligi eʼtiborga sazovordir. 

«O‘zdaverloyiha» institut Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘linmasi direktori Yerejepov Jenisbay bizga bo‘linma tomonidan bugungi kunda qanday ishlar amalga oshirilmoqda, nechta xodim faoliyat yuritishi haqida so‘zlab berdi.

Yerejepov Jenisbay-«O‘zdaverloyiha» institut Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘linmasi direktori
Bo‘linmamizda hozirgi kunda 55 ta xodim faoliyat olib bormoqda hamda ular tomonidan hukumat qarorlarida belgilangan vazifalarni bajarib kelishmoqda. Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018 yil
23 aprelda “Maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash, yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish hamda yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqotlarni o‘tkazish tartibini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi
299-son qarori bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qanliko‘l, Bo‘zatov, Chimboy hamda Mo‘ynoq tumanlarida xatlov ishlari olib borilmoqda, o‘tkazilgan xatlov natijasida tumanlarning elektron xaritalari yaratilmoqda. Bundan tashqari xodimlarimiz tomonidan 16 tuman hamda bitta qalʼa bo‘yicha maʼmuriy-hududiy chegaralarni belgilash ishlari bo‘yicha 1 mln 26 ming km uzunlikdagi chegaralarga aniqliklar kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yildagi 235- son qaroriga asosan bo‘linmamiz mutaxassislari tomonidan tumanlar kesimidagi qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari yer maydonlarining normativ qiymatini aniqlash ishlari ham olib borilmoqda.   

Bo‘linma direktori o‘rinbosari Ruslan Genjebayev maʼmuriy-hududiy chegaralarni belgilash, yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish davomida yer uchastkalarida kelib chiqayotgan nizoli masalalarga shu joyning o‘zida aniqliklar kiritilib, koordinatalar katalogi shakllantirishini aytib o‘tdi.


Koordinatalar katalogi o‘zi nima? Koordinatalar katalogi-Vaqt o‘tishi bilan topo elementlar o‘zgargan taqdirda ham belgilangan chegaralarni aniq yuritilishiga imkon beradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 16 mln 6 ming gektar yer maydoni bo‘lsa shundan 4 mln 303 ming gektar yer maydoni yer fondining 8 ta toifasi bo‘yicha to‘liq xatlovdan o‘tkazildi.
Shuningdek 5 tuman bo‘yicha to‘liq elektron xaritalar yaratilib to‘liq xatlovdan o‘tkazildi, bular: Kegeyli, Xo‘jeyli, Qanliko‘l, Bo‘zatov hamda Mo‘ynoq tumanlaridir.
Bundan tashqari bo‘linma tomonidan 9 ta tuman bo‘yicha deshifrovka ishlari ham to‘liq o‘z yakuniga yetgan bo‘lib qolgan 7 ta tuman bo‘yicha deshifrovka ishlari davom etmoqda.
Zaxirada turgan yer maydonlari haqidagi to‘liq maʼlumotlarni Yer-Geoportali
on-line platformasiga kiritish ishlarini 2021 yil 1 yanvar sanasida yakunlash rejalashtirilgan. 



Institutning hududiy bo‘linmalari tomonidan nafaqat hukumat qarorlari bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi, balki hamkor tashkilotlarga Yer tuzish loyiha ishlari ham olib boriladi. Quvonarlisi shuki Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘linmasining Gazprom Interneshnl tashkiloti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yganligi Bo‘linma mutaxassislari salohiyati nafaqat yurtimiz tadbirkorlari balki xalqaro tashkilotlar tomonidan ham yuqori baholanganligiga yaqqol misoldir.


Kelasi sonlarimizda instituting qiziqarli tarixi bilan tanishamiz.

Bizni kuzatishda davom eting.



Report Page