XALQARO HAMKORLIK YANADA RIVOJLANADI

XALQARO HAMKORLIK YANADA RIVOJLANADI

@marifatziyo

O‘zbekiston va Belarus Respublikalari. Ikki davlat rahbari sa’y-harakatlari bilan fan va texnologiyalar yo‘nalishidagi hamkorlik o‘zining yangi darajasiga chiqdi. Natijada IT, raqamlashtirish va ilg‘or texnologiyalar sohasidagi ko‘pgina loyihalar hayotga tatbiq qilindi.

Bundan tashqari, hamkorlik doirasida davlatimiz rahbari madaniy-gumanitar maslakdoshlikka, xususan, ta’lim va turizm sohalarini isloh qilishda O‘zbek va Belarus hamkorligini mamla-katdagi eng tashabbuskor oliygohlarga akademik va pro-mobil dasturlar ko‘rinishida davom ettirish ustuvor vazifasini berdilar.

Binobarin, 6 fevral kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetida Belarus Texnika Universiteti va Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Qayd etish joizki, hamkorlik o‘z ichiga uzoq yillarga mo‘ljallangan ko‘p qirrali va manfaatli kelishuvlarni qamrab olgan:

- zamonaviy texnologiyalar asosida ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish;

- o‘qituvchilar, tadqiqotchilar (doktorantlar va magistrantlar) uchun kunduzgi amaliyotlarni tashkil etish;

- o‘qituvchilar, tadqiqotchilar (doktorantlar va magistrantlar) ishtirokida qo‘shma konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar tashkil etish;

- ilmiy tadqiqotlar natijalarini mahalliy va xorijiy ilmiy jurnallarda hammualliflikda chop etish;

- turli o‘quv yuklamalarni bajarish uchun talabalar almashinuvi, shu jumladan, ta’lim va ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish;

 - innovasion va ilmiy-texnikaviy sohalarda tajriba va ish natijalarini almashish;

- xalqaro ilmiy va boshqa turli darajadagi tashkilotlarning integratsiyalashuviga ko‘maklashish;

- innovatsiya sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borish;

- patentlar transferini yo‘lga qo‘yish;

- xalqaro ilmiy-tadqiqot loyihalari va grantlarini amalga oshirish.

Bundan tashqari, olib borilgan samarali muzokaralar natijasida TTESI bitiruvchilari Belorusiyadagi “TexProm”da o‘z faoliyatlarini boshlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Buning uchun ularni turar joy va parvoz uchun xarajatlar hamkor tomonidan qoplab berilishiga erishildi.

Institutda Belorus oliy ta’lim muassasalari bilan bundan oldin ham qo‘shma ta’lim dasturlari tuzilgan va samarali hamkorlik o‘rnatilgan. Vitebsk davlat texnologiya universiteti b�

Report Page