Belarus milliy texnika universiteti professor-o'qituvchilari tomonidan talabalar uchun ma'ruza mashg'uloti tashkil etildi

Belarus milliy texnika universiteti professor-o'qituvchilari tomonidan talabalar uchun ma'ruza mashg'uloti tashkil etildi


Hozirgi globallashuv va bozor iqtisodiyoti sharoitida yuksak salohiyatli, bilimli, masʼuliyatli, raqobatbardosh kadrlarni yetishtirish har qachongidan dolzarb masalaga aylangan. Har qanday davlatni iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida yuksak malakali kadrlar muhim oʻrin tutishi hech kimga sir emas.

Bu borada “Xalqaro taʼlim dasturlari” fakultetida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni samarali boshqarish va davr talablariga muvofiq raqobatbardosh kadrlarni yetishtirish maqsadida Belarus milliy texnika universiteti bilan hamkorlikda tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilgan.

PQ-2909-son, 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-3151-son hamda 2018-yil 5-iyundagi “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3775-sonli qarorlarning ijrosini taʼmilash maqsadida Xalqaro taʼlim dasturlari fakulteti talabalarining bilimlarini mustahkamlash maqsadida Belarus milliy texnika universitetidan t.f.n., dotsent O.S. Golubova, t.f.n., dotsent L.V. Grinsevich, f-m.f.n., dotsent N.P. Yurkevich hamda katta oʻqituvchi M.A. Xotomsevalar taklif etildi va dars jarayonlari olib borildi.


Report Page