Bekobodda “O‘zbekiston – yoshlar mamlakati” shiori ostida yoshlar sayli bo‘lib o‘tdi

Bekobodda “O‘zbekiston – yoshlar mamlakati” shiori ostida yoshlar sayli bo‘lib o‘tdi



Tumandagi markaziy stadionda “O‘zbekiston – yoshlar mamlakati” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi loyihasi mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri hamda gala-konsert bo‘lib o‘tdi.



Tadbirda so‘z olganlar, mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida jadal islohotlar amalga oshirilayotganligini qayd etdi. Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, ularning mazmun-mohiyati haqida to‘xtalib o‘tdilar.


Gala-konsert dasturi doirasida sanʼatkorlarning musiqiy chiqishlari tadbir ishtirokchilariga yana-da ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

 




Report Page