“Beeline” bilan birga #qadambosing: qadamlar evaziga har oy 3 Gbgacha trafikga ega bo‘ling

“Beeline” bilan birga #qadambosing: qadamlar evaziga har oy 3 Gbgacha trafikga ega bo‘ling

Beeline Uzbekistan

Nima uchun eng yirik aloqa operatori bunday aksiyani ishga tushirdi, uni qanday yoqtirib bonusli trafikni olish mumkin, shularning barchasi haqida “Beeline”ning digital jamoasi va kompaniyaning digital texnologiyalari bo‘yicha direktorining v.b. G‘ayrat Mahkamov gapirib berishadi. (kartochkalar). 

1

Nima bo‘ldi?

“Beeline” O‘zbekistonda “Qadamlar evaziga giglar” aksiyasini sihga tushirdi. Ma'lumki, "Qadamlar evaziga giglar" Rossiyada juda mashhur, va bizning abonentlarimiz ko‘p marotaba ushbu ommabop aksiya haqida surishtirishgan. Endi O‘zbekistondagi “Beeline” abonentlari qadamlari evaziga bonisli trafikni qo‘lga kiritish imkoniyatiga egalar. 

2

Bu qanday ishlaydi?


Qadamlar uchun bonusli trafikni qo‘lga kiritish uchun uch narsa kerak: smartfon, “Beeline Uzbekistan” ilovasi va faol hayot tarzini tutish istagi! 

Kuniga 10 ming qadam evaziga 100 Mb olish mumkin. Mazkur limit har kuni amalga oshirilsa, uni bir oyda 3 Gbga almashtirish mumkin. Bundan tashqari, o‘tilgan limitlar uchun foydalanuvchiga “unvon”ga sazovor bo'ladi, bu jamoa tomonidan rejalashtirilganidek, kompaniyaning abonentlarini tez-tez sayr qilishga undaydi. 

3

“Beeline”ga bunday aksiya nima kerak?


(biz bu haqida kompaniyaning digital mahsulotlari bilan shug'ullanadigan jamoa boshlig'i G'ayrat Mahkamovdan so'radik va u shunday javob berdi)


- Mazkur loyiha bizning butun jamoamizga juda qiziqarli tuyulib, uni shaxsan o‘zimiz faol tarzda sinovdan o‘tkazmoqdamiz. Bozor yetakchisi sifatida abonentlarimizning har bir kunini yanada qulayroq qilish maqsadida doimiy ravishda turli yechimlarni diqqat markaziga chiqaramiz. Biz mobil Internetga bo'lgan katta talabni ko'rmoqdamiz, bironta kafega borganda, metroga tushganda, ko'chada yurganda – smartfonlar tobora ko'proq vaqt va e'tiborimizni olmoqda. Nima uchun bu trendnan foydalanmaslik kerak? Shunday qilib bizda “Qadamlar uchun giglar” aksiyasini ishga tushirish g‘oyasi paydo bo‘ldi. Mazkur aksiya ijtimoiy ekani bizni ilhomlantirdi. Bu bizning innovatsion yondashuvimiz va mijozlarga xizmat ko'rsatadigan kompaniya sifatida qadriyatlarimizni mukammal aks ettiradi. Ammo, eng muhimi, ushbu mahsulot hayot tarzini chindan ham o'zgartirishi, sog'lom odatlarni shakllantirishga yordam berishiga asoslanadi. Har oqshom yaqinlar va bolalar bilan sayrga chiqishga nima yetsin?! 


4

Qanday qilib yoqish mumkin?


“Beeline” bilan birga #qadam_bosish va #qadamlaruchungiglar olish uchun iOs uchun “Sog‘lik”, Android uchun “Google Fit” ilovalarini sozlash lozim, “Beeline Uzbekistan” ilovasini yuklab olish va ro‘yhatdan o‘tish. Mahsus ilova (vidjet) orqali o‘tib, “Sog‘lik”/“Google Fit” orqali ma’lumotlar olinishiga ruhsat berish. 

Bundan keyin bosib o‘tilgan qadamlar sonini “Beeline Uzbekistan” ilovasida ko‘rish mumkin. Qadamlar evaziga berilgan trafik ham o‘sha yerda aks ettiriladi.

Report Page