“Beeline Uzbekistan” eng yaxshi “antixakerlar”ni belgiladi

  “Beeline Uzbekistan” eng yaxshi “antixakerlar”ni belgiladi


O‘zbekistonda kiberxavfsizlik bo‘yicha AntiHack Challenge turniri bo‘lib o‘tdi. Tanlov davomida IT-ga qiziquvchi yoshlar turli dastur va ilovalarning xavfsizlik tizimlarida zaifliklarni topishlari kerak edi. Samarqanddan tashrif buyurgan “Root Me” jamoasi eng yaxshi jamoa deb topildi. G‘oliblarga “Beeline Uzbekistan” va turnirning boshqa tashkilotchilari tomonidan sovg‘alar va sovrinlar topshirildi.

“AntiHack Challenge”da ishtirok etish uchun arizalar 282 nafar ishtirokchi tomonidan topshirilgan. Murakkab raqobatli saralash natijasida ularning 120 nafari finalga chiqdilar. Aytgancha, eng yosh ishtirokchining yoshi - 10 yoshda. Turnir davomida ishtirokchilar Wi-Fi tarmoqlarining xavfsizlik tizimlarida zaifliklarni topishlari kerak edi va buni nafaqat tezkorlik bilan bajarish, balki vazifaga ijodiy yondashish ham zarur edi. Natijada, Samarqandlik “Root Me” jamoasi aʼzolari barcha sinovlardan eng yaxshi tarzda oʻtishdi.

“Biz birinchi AntiHack Challenge haqidagi e’lonni ko‘rdik va ishtirok etishga qaror qildik, tanlovdan o‘tdik va finalga chiqdik. Vazifalar qiziqarli bo‘ldi, ba’zilari oson tuyuldi, ba’zi bosqichlar qiyinlashdi, ammo g‘alaba kutilmagan bo‘lib chiqdi! Jamoamiz birinchi bo‘lgani juda quvonarli, - deyishdi jamoa vakillari Jonibek Sadriyev va Xushvaxt Nurulloevlar. "Biz ham juda ajoyib sovrinlarga ega bo‘ldik, bunday turnir uchun tashkilotchilarga katta rahmat”.

Mutaxassislar tomonidan eng faol ishtirokchilar ham aniqlanib, ularga ham sovg‘alar va sertifikatlar topshirildi. Ular Ozoda Inoyatillo va Vitaliy Bolbas bo‘lishdi.

“Qiziqarli, g‘ayrioddiy topshiriqlar bor edi, ammo bu turnirning eng qiziqarli qismi - birinchi marta duch kelgan vazifalarning yechimini topish. Turnirda qatnashib, ko‘p yangi narsalarni o‘rgandim, bu mening hayotimda qo‘l keladigan ajoyib tajriba. Men Samarqand universitetida fizika fakultetida tahsil olaman, lekin endi albatta IT sohasiga ko‘proq e’tibor qarataman”, – dedi Ozoda Inoyatillo taqdirlash marosimidan so‘ng. 

“Beeline Uzbekistan” digital-operatori musobaqaning hamkori bo‘ldi.

“IT sohasining hozirgi rivojlanish sur'atlarida kiberxavfsizlikning ahamiyati ortib bormoqda, bu esa mutaxassislardan ko'proq e'tibor va ko'nikmalarni talab qiladi, ularning vazifasi har bir foydalanuvchi uchun Internetga kirishni nafaqat qulay va tez, balki imkon qadar xavfsiz qilishdir. “AntiHack Challenge” kabi turnirlarni qo‘llab-quvvatlash orqali biz sohaga yangi iqtidorli kadrlarni jalb qilish va IT xavfsizligi madaniyatini shakllantirishga yordam beramiz”, — dedi Beeline O‘zbekistonning axborot texnologilari bo’yicha direktori Artyom Kalivanov.

IT Park direktorining innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Jahongir Radjabovning so‘zlariga ko‘ra, bunday turnirlar axborot xavfsizligi bo‘yicha ko‘nikma va salohiyatni rivojlantirishga qaratilgan:

“Hech kimga sir emaski, IT sohasida muvaffaqiyatning eng muhim omillaridan biri axborot bilan ishlash samaradorligi hisoblanadi va so‘nggi 5-6 yil ichida maxfiy ma’lumotlarni himoya qilish masalasi dolzarb bo‘lib kelmoqda. Shuning uchun har qanday tashkilot o‘z ma’lumotlarini qanday himoya qilish haqida o‘ylashi kerak. “AntiHack Challenge” yosh mutaxassislarning ushbu sohaga qiziqishini oshirishga qaratilgan bo‘lib, u kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar qatlamini shakllantiradi. Qolaversa, ishonchimiz komilki, tanlov soha rivoji uchun muhim bo‘lgan hamfikrlarni topish uchun ajoyib maydonga aylanadi”.

Shuningdek, IT Park vakili kelgusida bu yo‘nalishdagi shunga o‘xshash turnirlar yanada kengroq formatda, vazifalari murakkabroq o‘tkazilishini qo‘shimcha qildi.

“AntiHack Challenge” turniri tashkilotchilari – Central Asia Distribution koʻmagida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT Park, Toshkent shahridagi Inha universiteti, Cisco va Beeline Uzbekistan.



Report Page