Bayram xavfsiz o‘tishi uchun

Bayram xavfsiz o‘tishi uchun



Ma'lumki, shu kunlarda umumta'lim maktablarida so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Shu munosabat bilan Namangan viloyati IIB JXX YHXB va shahar IIB rahbar hamda xodimlari tomonidan maktab o'quvchilari bilan bog'liq YTHlarning oldini olish, voyaga yetmagan, haydovchilik guvohnomasiga ega bo'lmagan shaxslarning avtomashina boshqarishiga yo'l qo'ymaslik maqsadida o'quvchilar, ularning ota-onalari, o'qituvchi va mahalla faollari ishtirokida yig'ilish tashkil etildi. Unda voyaga yetmagan bolalar tomonidan boshqarilgan avtomashinalar ishtirokida sodir bo'lgan ayanchli halokatlar to'g'risida ma'lumotlar berildi hamda mazkur avtohalokatlar tasvirlangan film namoyish etildi.

Hali tajribasi va tegishli hujjatlari bo'lmasada, avtomashina boshqarib yurgan bolalarning harakati jamoatchilik ishtirokida muhokama qilinib, ularning ota-onasi hushyorlikka chaqirildi.

Shuningdek, maktablarda o'tkaziladigan "So'nggi qo'ng'iroq" tadbirlarini tinch-osoyishta va bexatar o'tishini ta'minlashda mas'ullar bilan bir qatorda ota-onalar ham daxldorlikni his etishlari talab etildi.

Gulchehra Buvamirzayeva,

o‘z muxbirimiz,

Namangan viloyati.

Report Page