"Baxtli umr dovoni"

"Baxtli umr dovoni"

Surxondaryo viloyat Axborot-kutubxona markazi

Kitob - inson umr yo‘llarini yorituvchi so‘nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, har qanday vaziyatda ham hamroh bo‘lguvchi sodiq do‘st. Insonning ruhiy-ma’naviy kamolotini ta’minlashda kitobchalik kuchli qudratga esa vosita yo‘qdir. 2024-yil 22-may kuni Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyat Axborot-kutubxona markazi fondiga "O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi a‘lochisi", "Mo‘tabar ayol" ko‘krak nishoni sohibasi, iste'dodli yozuvchi Alimatova Gulnora Hakim qizi o‘zining "Baxtli umr dovoni" nomli kitobini sovg‘a tariqasida ulashdi. Alimatovlar oilasining umr yo‘llari haqida bitilgan mazkur kitobni o‘qigan kitobsevar kitobxonlar ushbu kitobni mutolaa qilar ekan hayotni tur xil jabhalarida qanday ulg‘ayishini o‘rganadi. Aziz kitobxonlar sizlarga ushbu kitobni mutolaa qilishni tavsiya etamiz!

9


Report Page