Batafsil fotoretsept: Bozor xonim

Batafsil fotoretsept: Bozor xonim

O'zbek Milliy Taomlari
Batafsil fotoretsept: Bozor xonim

@Uzbek_Taomlari

Agarda siz bozor xonimdan ta’tib ko’rgan bo’lsangiz, unda uning qanchalik mazali ekanligidan xabaringiz bor. Uyda, o’z qo’llaringiz bilan pishirilgan xonim esa hammasidan ham a’lodir. Ishonavering, bizning retseptda tayyorlang va bunga o’zingiz guvoh bo’ling! Batafsil fotoretseptlarda hammasini ko’rib oling.

 Masalliqlar:

Xamiriga

700 gramm un
230-250 millilitr iliq suv
1.5 choy qoshiq tuz
2 osh qoshiq o'simlik yog'i

ASOSIGA:

1 kilo kartoshka
2-3 ta piyoz
1 choy qoshiq zira
ta'bga qarab tuz va murch
20 millilitr o'simlik yog'i

QAYLASIGA:

2 ta pomidor
2 ta piyoz
1 ta qizil bulg'or qalampiri
1 osh qoshiq pomidor pastasi
ta'bga qarab suv

Qadam 1



Xamirni yuqorida qanday tayorlashni ko'rsatib o'tdik.

Xamir tingunicha asosini tayyorlab olamiz.

Qadam 2



Kartoshkani yupqa somoncha shaklida, piyozni mayda to'rtburchak shaklda to'g'rang.

Hammasini katta idishga soling va ziravorlardan seping, o'simlik yog'i qo'shib, yaxshilab aralashtiring.

Qadam 3



Xamirni olib yoyamiz va to'rtburchak shaklda kesib chiqamiz.

Qadam 4



Kesilgan xamirchalarga asosni solib chiqamiz va chetini yopishtiramiz.

Qadam 5


Mantiqosqonni olib yog' surtib chiqamiz va xonimlarni teramiz.

Xonimlarni ustini ham yog'lab, yana bir qavat ustidan xonimlarni qo'yib chiqsangiz ham bo'ladi. Xohlasangiz bir qavatdan qilib pishiring.

Mantiqosqonni gazga qo'yamiz va yarim soat davomida pishirib olamiz.

Qadam 6

Qaylasini tayyorlaymiz:

Piyozni mayda to'g'rab yog' solingan tovada qovurib olamiz.

Blenderda pomidor, bulg'or qalampiri va sarimsoqpiyozni maydalab olamiz.

Piyoz ustidan avval pomidor pastasi, 2 daqiqadan so'ng esa pomidorli aralashmani solib, 10 daqiqa davomida qaynatamiz.

Tuz sepamiz, ta'bga qarab suv qo'shsangiz ham bo'ladi. Lekin biz qo'shmadik.

Qadam 7



Pishgan xonimlarni yog'langan tog'orachaga terib chiqamiz: har bir qavat xonimning ustidan pomidorli qayla quyib chiqamiz.

Qadam 8

Tayyor xonimlarni ustini yopib, 30 daqiqaga chetga olib qo'yamiz. Bu vaqt mobaynida xonim qaylani o'ziga shimib oladi va yanada mazaliroq ta'mga kiradi.

Qadam 9


So'n xonimlarni likopchaga solamiz va to'g'ralgan piyoz va ukrop bilan birga dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!

Telegramdagi eng aktiv taomlar kanali marhamat obuna bo'ling

https://t.me/uzbek_taomlari

ⓂManba: zira.uz

Report Page