Batafsil
@Tdau_news14-sonli talabalar turar joyida yashovchi talaba qizlar bilan davra suhbati o'tkazildi
📌"Oʻrmon xoʻjaligi va landshaft dizayn" fakultet tyutorlari Z.Galayeva, N.Mustafoyeva G.Abdullayevalar tomonidan talaba qizlarning Universitet va talabalar turar joyi nizomida koʻrsatilgan ichki tartib qoidalarga rioya qilishi, dars mashgʻulotlariga oʻz vaqtida ishtirok etishi, Odob-axloq kodeksi, kiyinish madaniyatiga rioya etishi, xona va umumiy foydalanish xonalari, mebel va elektr jihozlaridan oqilona foydalanish, fevral oyidagi to'lovlarni o'z vaqtida amalga oshirish, belgilangan vaqtda talabalar turar joyida bo'lishi va taqiqlangan ijtimoiy tarmoqlar, diniy saytlardan foydalanmaslik haqida tushuntirish ishlari olib borildi. “Yoshlar daftari va metsenantlik” koordinatori va fakultet koordinatori talabalar turar joyida tartibni nazorat qildi.
✅Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti “Yoshlar daftari va metsenantlik” koordinatori D.Abdullayev hamda Oʼrmon xoʼjaligi va landshaft dizayni fakulteti koordinatori N.Toshpoʼlatovlar 14-sonli talabalar turar joyida talaba yoshlarning yashash sharoitini ko‘zdan kechirdi.
❗️Tashrif davomida xonalarning tozaligi hamda telefonlardan foydalanish tartibi nazorat qilindi. Ushbu monitoring talaba qizlarning intizom va mas’uliyatini oshirish, shuningdek, talabalar turar joyida qulay va tartibli muhit yaratishga qaratilgan.
📌 Bu kabi tadbirlar talabalar turar joyida sharoitni yaxshilash va talabalar orasida tartib-intizomni mustahkamlash maqsadida muntazam davom ettiriladi.