Bankomatni tunamoqchi boʻlgan shaxs, tungi xizmatdagi IIB xodimlari tomonidan voqea joyida ushlandi

Bankomatni tunamoqchi boʻlgan shaxs, tungi xizmatdagi IIB xodimlari tomonidan voqea joyida ushlandi

IIBB Axborot xizmati

Toshkent viloyatida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni barvaqt oldini olish hamda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha oʻtkazilayotgan tezkor profilaktik tadbirlar davomida bankomatdan pul oʻgʻirlamoqchi boʻlgan shaxs voqea joyida ushlandi.

IIBB Axborot xizmati

Aniqlanishicha, joriy yilning 12 fevral kuni Olmaliq shahar hududiga tungi xizmatga jalb etilgan Toshkent viloyati IIBB 2-mintaqaviy hudud PPX xodimlari tomonidan soat taxminan 00:30 lar atrofida Olmaliq shahar “Oydin” MFY joylashgan Xalq bankiga tegishli bankomatni 1990 yilda tugʻilgan fuqaro B.Yu. oʻtkir tigʻli jism bilan buzib ochib, ichida mavjud boʻlgan pullarini olishga uringan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan Olmaliq shahar IIB Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksining 169-moddasi, 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIBB Axborot xizmati




Report Page