Bakterial rak—davosiz emas

Bakterial rak—davosiz emas


Bakterial rak — asosan urug‘li va danakli meva daraxtlarini zararlaydi. Daraxtlarning gullari, novdalari va mevalari qorayib, yosh ko‘chatlar va novdalar qurib qoladi, yirik daraxtlarda hosildorlik 50% gacha kamayadi. Kasallik bahorda to‘satdan novda uchlaridagi gul va yosh barglarning qorayib, so‘lib, qurib qolishi bilan boshlanadi.

Kasallangan gul va barglar uzoq muddat, baʼzan kuzgacha tushib ketmay, novdalarda osilib qoladi. Bakteriyalar bargdan o‘tkazuvchi tomirlar orqali novdalarga o‘tadi. Zararlangan novdalar o‘sishdan to‘xtaydi, qiyshayib qorayadi va quriydi. Zararlangan novdani ko‘ndalangiga kesganda o‘tkazuvchi tomirlarda aylana bo‘ylab yoki ayrim nuqtalar shaklida qorayishni ko‘rish mumkin.

Hosilgan kirgan yirik daraxtlar kasallanganda po‘stloqlarning yorilishi va ko‘chib qolganligi kuzatiladi. Yosh daraxtlarning ildiz bo‘g‘zida po‘stloq yorilishi kuzatiladi. Kasallikdan qurigan daraxtning ildizi xuddi kuyganga o‘xshab qizg‘ish-qo‘ng‘ir rangga kiradi.

Kasallik belgilari. Erwinia amylovora bakteriyasi qo‘zg‘atadigan kuyish kasalligiga judayam o‘xshaydi, ammo bunda kasallangan joydan suyuqlik oqib chiqmaydi. Infeksiya manbai eski bog‘lardagi kasallangan daraxt, zararlangan urug‘ va ko‘chat hisoblanib, bakteriyalar yomg‘ir tomchilari, hasharotlar, qushlar yordamida tarqaladi. Kasallik bog‘ asboblari bilan kesish va payvandlash paytida hamda boshqa mexanik shikastlangan joylar orqali yuqishi mumkin.

Kasallikning inkubatsion davri 5-6 oydan bir yilgacha cho‘zilishi mumkin. Kasallik yosh daraxtlarda tez rivojlanib, 1-3 yil ichida quritib qo‘yadi.

Qarshi kurash choralari. Agrotexnik tadbirlar:

- kuzda kasallangan mevalarni terib yo‘qotish;

- kuzda va bahorda kuchli zararlangan shox va novdalarni kesib yo‘qotish;

-hasharotlarga qarshi o‘z vaqtida kurashish;

- kesish paytida bog‘ asboblarini 0,5% li xloramin yoki 2% li formalin eritmasida tez-tez zararsizlantirib turish;

- kuzda barg to‘kilishidan so‘ng va bahorda kurtak yozishdan oldin 3% li, o‘sshi davrida esa (gullashdan 10-12 kun keyin) 1% li Bordo suyuqligini purkash.

Manba: agro_hayot


Report Page