“Bahor malikalari” ko'rik-tanlovi tashkil etildi

“Bahor malikalari” ko'rik-tanlovi tashkil etildi


Buxoro davlat universiteti Pedagogika fakulteti xotin-qizlar kengashi raisi Qurbonova O’lmasoy Usmonovna tashabbuslari bilan ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan bebaho milliy qadriyatlarni yoshlar orasida keng targ’ib qilish maqsadida “Bahor malikalari” ko'rik-tanlovi tashkil etildi. Besh nafar ishtirokchilar 4 shart asosida bellashishdi. Qizlarning har bir shartga ijodiy yondashishi tadbirga o’zgacha shukuh bag’ishladi. Ayniqsa, qizlarning milliy an’ana, urf-odat va marosimlar, milliy qo’shiq va raqslardan foydalanib, o’zlarini tanishtirishi barchada yorqin taassurot qoldirdi. Milliy taomlardan “Bahor marvaridi”, “Bahor tarovati” singari kompozitsiyalar yaratishi, ularning chaqqon pazandalik mahoratini namoyish etdi. “Milliy liboslar-ma’naviyat ko’zgusi” shartida o’zbek va jahon xalqlarining milliy liboslari va tarixi namoyish qilindi. Hamda milliy va jahon adabiyoti namunalari asosida sahna ko’rinishi orqali qizlar o’zlarining aktyorlik mahoratlarini namoyish etishdi. Ishtirokchi qizlar chiqishi “Eng malohatli malika”, “Eng zukko malika”, “Eng bilimdon malika”, “Eng pazanda malika”, “Bahor malikasi” nominatsiyalari asosida  hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholandi. 

BuxDU Matbuot xizmati

Report Page