Bahor bayrami nishonlandi.
Toshkent shahar xotin-qizlar tadbirkorlik markazi.Toshkent shahar xotin-qizlar tadbirkorlik markazi “O’zbegim-o’zligim” NNT tashkilotlari bilan hamkorlikda o’zbek milliy libosimiz bo’lgan
“Atlas” bayrami tadbiri o’tkazildi.


Tadbirda Toshkent shahar tumanlaridan xotin-qizlar taklif etildi. O’z milliy mahsulotimiz bo’lgan adras-atlas kiyimlarida kelgan xotin-qizlar bayramona kayfiyatda tadbirda ishtirok etdilar.


Bayram tadbiri bir necha qiziqarli viktorinalar, o’yin-kulgular bilan davom etdi.


Elimiz ardog’idagi honandalari Munojat Yo’lchiyecha, Malika Egamberdiyevalar qatnashdilar.


Tadbir Toshkent shahar xotin-qizlar tadbirkorlik markazi rahbari Yuldasheva Vazira Abdullayevna yig’ilganlarni bayram bilan qutlab, markaz faoliyatidagi o’zining fidokorona mehnati bilan faoliyat yuritayotgan hodimlarga faxriy yorliqlar topshirildi.


O’z tadbirkorlik faoliyati bilan yuksak martabaga erishgan bir necha yuzlab xotin-qizlarga tadbirkorlik sohasi bo’yicha motivatsiya berib kelayotgan tadbirkor Ergasheva Mavlyuda davlatimiz tomonidan “Mo’tabar ayol” ko’krak nishoni bilan taqdirlanganligi munosabati bilan alohida yana bir bor faxriy yorliq bilan taqdirlandi. Bayram juda qiziqarli taasurotlarga boy boldi.
