Баходирова Рухшона Бегзод қизи

Баходирова Рухшона Бегзод қизи

Энг яхши иншо

Kiberjinoyatga qarshi kurash
Reja:
1.Axborot texnologiyalarining hayotimizdagi o’rni.
2. Kibermakon va jinoyat.
3.Jinoyatga jazo muqarrar.

Zamonaviy axborot texnologiyalari kundalik hayotimizga tobora faol joriy etilib, allaqachon odatiy vositalarimiz qatoriga kirishga ulgurdi. Ulardan jamiyat hayotining barcha sohalarida ish joylarida, ta’lim muassasalarida , ko’chalarida uyda, umuman istalgan joyda foydalanilmoqda. Ma’lumki, kompyuter va zamonaviy axborot texnologiyalari inson shaxsiy hayotiga chuqur ta’sir ko’rsatadi, ammo mazkur ta’sirning salbiy jihatlari hamon yetarli darajada chuqur o’rganilmagan. Zamonaviy taraqqiyot bir joyda turgani yo’q, kundan kunga yanada mukammal uskunalar va qulayliklarni taqdim etmoqda. Zamonaviy ota-onalar ham ulardan o’z kundalik hayotlarida keng foydalanmoqdalar, biroq shu bilan birga o’z farzandlarining ko’p vaqtlarini kompyuter va mobil o’yinlarini o’ynash bilan o’tkazayotganliklaridan xavotirga tushmoqdalar. O’yinlar va kompyuterlar yosh avlodni o’ziga tobora ko’proq rom etmoqda va qaramlikni yuzaga keltirmoqda. Afsuski, kompyuter o’yinlarini butunlay ta’qiqlashning imkoni yo’q. Bolalar baribir, biror bahona bilan zamonaviy qurilmadan foydalanib, undagi virtual o’yinlar “sehrli olamiga” berilib ketadilar, ammo ularning o’yin o’ynash vaqtlarini cheklash mumkin. Kibermakon kompyuter tarmoqlari orqali amalga oshiriladigan muloqot maydonini ifodalovchi voqelik sifatida 1990-yildan boshlab keng miqyosda rivojlanib, takomillashib kelmoqda. Ijtimoiy nuqtayi- nazardan kibermakon tushunchasi millionlab odamlarning jamoaviy sarob, xayolparastlikning o’ziga xos ko’rinishi sifatida tasvirlangan va bu kompyuter tarmog’i orqali bir-biri bilan bog’langan va bir vaqtning o’zida turli geografik nuqtada kesishuvchi har qanday mavjud kompyuterning grafik sifatidagi ma’lumotlariga o’ralashib qolgan kishilar jamoasi tushuniladi. Bugungi hayotni zamonaviy texnologiyalarisiz tasavvur qilish qiyin. Uyali aloqa va bir internet dunyosidagi so’nggi kashfiyotlar uzoqni yaqin, og’irni yengil, biznes imkoniyatlarni esa kengaytirgan. Biroq bu qulayliklar boshqa bir sohaga e’tibor qaratmoqda. Kiberxavfsizlik har bir davlat uchun strategik masala. Avval, asosan, davlat sirlari va yuqori texnologiyalar nishonga olingan bo’lsa, hozir jinoyatchilar mo’ljalni kengroq olmoqda. Kiberjinoyatlar asosan uch xil toifada amalga oshiriladi; ya’ni : 1) shaxslarga qarshi jinoyatlar; 2) mulkka qarshi jinoyatlar; 3) hukumatga qarshi Hozirgi kunda keng tarqalgan jinoyat turlari: shaxsiy ma’lumotlarni o’g’irlash,” pul yuvish” va hakkerlar tomonidan o’rnatilgan zararli dastur “Ransomware”. O’zbekiston Respuplikasining Konstitutsiyasi fuqarolarning axborotga bo’lgan huqularini e’tirof etgan holda , uning asosiy mazmunini bir qancha normalarda belgilab beradi. Lekin, ba’zida berilgan huquqlardan to’g’ri foydalanmaslik oqibatida ham huquqiy javobgarliklar kelib chiqadi. Masalan, kompyute tizimidan foydalanishga ruxsati bo’lgan shaxs tomonidan ushbu tizimda foydalanish qoidalarining buzilishi oqibatida kompyuterdagi axborot yo’qolsa, to’sib qo’yilsa, kompyuter uskunasining ishi buzilsa, u Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 1551 -moddasiga ko’ra javobgarlikka tortiladi. Xat yozishmalari, telefonda so’zlashuv, telegraf xabarlari yoki boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibini buzish esa jinoiy javobgarlikka tortishga asos bo’lishi mumkin. Mana shunday adolatli jazo choralari, albatta kiberjinoyatlarni kamayishiga sabab bo’ladi desak adashmagan bo’lamiz

Report Page