“Badiiy ta’lim va pedagogika” ilmiy elektron jurnalida maqola chop ettirish talablari:

“Badiiy ta’lim va pedagogika” ilmiy elektron jurnalida maqola chop ettirish talablari:


Mualliflar uchun eslatma: Ushbu elektron jurnal O’zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi axborot va omm…

Ilmiy maqolalarni qabul qilish va nashr ettirish:

1.Maqolalar tahririyatga bevosita murojaat etish (Toshkent sh.Shirin ko’chasi 1-a uy), elektron pochta (uzbahuzuridagimarkaz@gmail.com) hamda ijtimoiy tarmoq orqali yuborish yo‘li bilan qabul qilinadi (+998200061125)

2.Maqolalar o‘zbek, rus, ingliz va qoraqalpoq tilida qabul qilinadi.

3.Tahririyat tomonidan muallifning elektron “WORD” variantdagi maqolasi qabul qilinadi.

4.Qabul qilingan materiallarni chop etish muddatlari: elektron jurnalning davriy xarakter kasb etishini inobatga olgan holda o‘rtacha 3 oydan 6 oygacha bo‘lgan davr mobaynida maqola chop etiladi.

Tahririyatga topshiriladigan materiallarga belgilangan talablar:

1. ANNOTATSIYA/ABSTRACT qismi 50 tagacha  so‘zdan iborat bo‘lishi kerak hamda namuna bo‘yicha tillar bo‘yicha qismlarga ajratilishi lozim.

2. Ilmiy maqolalarning hajmi 3500-4000 so‘zdan (jurnal talabi bo‘yicha maqolada kamida 7 betdan (foydalangan adabiyotlar ro’yhati bilan birgalikda) iborat bo‘lishi kerak.

3. Maqolaning asosida matnning kamida 70-80 foiz muallifning shaxsiy izlanishlari natijasiga asoslanishi lozim (topshirilgan maqolalar “Antiplagiat” tizimi yordamida tekshiriladi. Talabga javob bermaydigan maqola qabul qilinmaydi).

4. Barcha iqtiboslar qavs ichida berilib, adabiyotlar ro’hatida ushbu ketma-ketlikda yozilishi lozim. (1. Xakimov, 56 b)

5. Windows asosidagi matn dasturi redaktorining parametrlari: 2 sm dan standart hoshiyalar qolishi kerak;

·        shrift Times New Roman, kegel – 14;·     

·        satrlar orasidagi interval – 1 sm;·     

·        matnni kengligi bo‘yicha tekislash;·     

·        abzas 1 sm;·     

Ilmiy maqolaning tuzilishiga qo‘yiladigan talablar:

1. Maqola mavzusiga qarab UDK raqami qo‘yilishi lozim.

2. Maqolaning nomi 12 so‘zdan oshmasligi kerak.

3.Maqola muallif(lar)i ismi-sharifi, ilmiy unvoni, darajasi, taʼlim muassassi(tashkilot)ning nomi, ish joyi, egallab turgan lavozimi. Mualliflar bir nechta bo‘lsa ularning har biri haqida to‘liq maʼlumotlar berilishi shart.

4. Material matni tuzilishi jihatidan Kirish, Mavzuga oid adabiyotlar tahlili, Tadqiqot metodologiyasi, Tahlil va natijalar, Xulosa va takliflardan iborat bo’lishi lozim.

5. Elektron jurnal ruknlari:

1. Tasviriy san’at;

2. Amaliy san’at;

3. San’atshunoslik;

4. Muzeyshunoslik;

5. Me’morlik;

6. Pedagogika;

 Maqolani rasmiylashtirish: MATNNI RASMIYLASHTIRISHGA BO’LGAN TALABLAR:

Maqolaning o‘zbek tildagi sarlavhasi (bosh harflar bilan, qalin shrift, markaz bo‘yicha tekislab joylash);

Mualliflarning to‘liq familiyasi, ismi-sharifi (kichik harflar bilan, qalinlashtirilgan shrift, o‘ng taraflama joylashuv);

Mualliflarning ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, lavozimi (o‘ng taraflama joylashuv);

Ish joyi (o‘ng taraflama joylashuv);

Asl tildagi annotatsiya (14-kegl, kamida 30 ta so‘z, varaq kengligi bo‘ylab tekislangan joylashuv);

Kalit so'zlar (14-kegl, kamida 5 ta so‘z, varaq kengligi bo‘ylab tekislangan joylashuv);

Ingliz va rus tillarida maqolaning nomlanishi, mualliflarning familiya, ism va sharifi, annotatsiya, kalit so‘zlar (yuqoridagi shakl talablariga binoan);

Bir qator oralab maqola yoki tezisning asosiy matni keltiriladi (14-kegl, qatorlar oralig’i - 1,15, xatboshi - 1 sm, varaq kengligi bo‘ylab tekislangan joylashuv);

Foydalanilgan adabiyotlar ro yxati maqolaning oxirida keltiriladi

va maqola matnida manbadan foydalanish ketma-ketligi tartibida tuzilgan bo'lishi kerak.

Maqola matnida manbalarga havolalar to‘rtburchak qavs ichida, manba tartib raqamidan keyin, verguldan so'ng, adabiyotdan foydalanilgan betning raqami bilan ko'rsatiladi: [6, 114-b.]

Rasmlar: Har qanday grafik materiallar (chizma, diagramma, sema, rasm) "Rasm" so'zi bilan belgilanib arab raqamlari bilan raqamlanishi kerak. Rasmning nomi qalinlashtirilgan shriftda markazda joylashtirilishi kerak.

Masalan:

1-rasm. Rasmning nomi




Report Page