Badiiy adabiyot durdonalari (@kitob_ustozuz)

Badiiy adabiyot durdonalari (@kitob_ustozuz)

Turopov Orifjon
Anbar Otin

Anbar Otin - 1870-1915 yillarda yashab ijod etgan oʻzbek shoirasi.

Hayoti

Anbar Otin Farmonqul qizi Qo‘qonda kambag‘al kosib oilasida tug‘ilgan. Otasi Farmonqul asli marg‘ilonlik bo‘lib, shoira Uvaysiyning jiyani bo‘lgan. Onasi Ashurbibi qo‘qonlik bir kosibning qizi bo‘lgan.

Ijodi

Anbar 7 yoshidan boshlab o‘z mahallasidagi Dilshod otinning maktabida ta’lim oladi. Navoiy va Uvaysiylarni ustoz deb hisoblagan. 1905-yilda Anbar Otin devon tuzib, unga 41 g‘azal, 4 muxammas, bir qit’a, bir mustahzod va she’riy tarjimai holini kiritgan.

Anbar Otin — lirik shoira. Uning lirikasida sof sevgi tarannum etiladi. U ayol qalbini, his-tuygʻularini oʻziga xos kuylovchi shoira. Shoiraning devoni mavjud.

Shoira ijodida oʻz davrining ijtimoiy-siyosiy, sotsial muammolari koʻtarib chiqilgan. Istiqbolni kuylovchi mavzular keng oʻrin egallaydi.

Asarlari

Asarlari: «Mushoira» nomli risola, «Qoralar falsafasi» («Falsafai siyohon»), «Alifbo», [[«Ey goʻzal Fargʻona, oʻzingni kel emdi shod qil» va boshqa.

Adabiyot

  • Anbar Otin. Sheʼrlar. Risola. Toshkent, 1970.
  • Husainova F. Demokrat shoira Anbar Otin. Toshkent, 1964.
  • Karimov Gʻ. Oʻzbek adabiyoti tarixi. Toshkent, 1975.
  • Oʻzbek adabiyoti tarixi, 5-jildlik, 5-jild. Toshkent, 1980.

Report Page