BadRam - nosoz tezkor hotira

BadRam - nosoz tezkor hotira

Adxamjon Nizametdinov

Assalomu alaykum, bu postda men ancha vaqtdan beri kurashib kelayotgan nosoz tezkor hotirani ishlatishni aytib o'tmoqchiman.

Qisqa ma'lumot

Windows tizimlarida ko'k oyna chiqish holatlari, Linux tizimlarida dasturlar o'zidan o'zi yopilib qolishi bazida tizim umuman ishlamay qolishi kuzatiladi. Aynan mani kompyuterimdaham shunday holatlar kuzatildi, Arch linux ishlatganligim uchun manda dasturlar tezkor hotirani nosoz qismiga yozilgan vaqtda shu dasturlar ishdan chiqishni boshlaverdi.

Hozir dastlabki qilgan hatoyimni ko'rsatmoqchi man:

sudo nano /etc/default/grub

Bu suratda ko'rib turganingizdek memmap=300M\\\$9700M buyrug'ini qo'shib o'tganman bu buyruq memmap=mask(GMK)\\\$addres(GMK) ko'rinishida yozilishini

https://stackoverflow.com/questions/32433497/how-to-use-memmap-kernel-parameter

va boshqa tizimlardan ko'rib yozgan edim bunda dastlab yozish uchun
sudo nano /etc/default/grub

ichiga yozib saqlagandan so'ng

sudo grub-mkconfig -o /boot/grub/grub.cfg

yozsa grub faylini yangilar edi.

Lekin bu yo'l noto'g'ri ekan, chunki dasturlar chiqib ketishda davom etdi.

Tezkor hotirani tekshirish

Memtest86+ dasturini taklif etaman ishlatishni, tezkor hotirani novbati bilan olib tekshirib ko'rish lozim, manda esa tizim o'rnatib bo'lganimdan so'ng AUR paketlari uchun yay package manager o'rnatib undan
yay -Sy

yay -S memtest86+-efi

sudo grub-mkconfig -o /boot/grub/grub.cfg

terdim bu buyruqlar grubga memtest86+-efi qo'shib berdi, lekin alohida zagruzichniy fleshka tayorlab ham qilsa bo'ladi, tezkor hotirani tekshirib ko'rdim quyidagicha natija chiqdi:

memtest86+-efi interfeysining F1>F4>F(1-4)>F10 bo'limlaridan biri

bunda F1>F4>F(1-4)>F10 bosib quyidagicha hatolikni ko'rsatadigan qilgan edim, bunda alohida tezkor hotira qo'shmagan edim, platani o'zidagi tezkor hotira bilan tekshirgan edim, 8G tezkor hotira o'rnatib tekshirganimda esa quyidagicha natija chiqdi:

memtest86+-efi interfeysining F1>F4>F(1-4)>F10 bo'limlaridan biri

mani holatimda ona platani o'ziga o'rnatilgan tezkor hotira nosoz bo'lib uni olib tashlashni iloji yo'q, hamda boshqa tezkor hotira o'rnatib ham yuqorida aytilgan hatolikdan qochishni iloji yo'q edi (osson yo'li).


Texnik jihatdan tezkor hotirani o'chirish

o'chirishning texnik usuli
o'chirishning texnik usuli
o'chirishning texnik usuli


lekin bunday holatni ishlatib ko'rmadim, bu anchagina noqulay bo'lib tuyildi manga.

Dasturiy tomondan nosoz tezkor hotiraning maydonni o'chirish

Endi esa

https://www.memtest86.com/blacklist-ram-badram-badmemorylist.html

saytdan olingan ma'lumotlarga qaragan holatda bajarishga harakat qilamiz:

sudo nano /etc/default/grub

GRUB_BADRAM=address,mask

sudo nano /etc/default/grub

e'tibor bergan bo'lsangiz memtestda topilgan hatolikni boshlangich qiymati kiritilgan va qancha joygacha belgilanishi kiritilgan.

sudo grub-mkconfig -o /boot/grub/grub.cfg

keyin esa natijani bilish uchun

sudo cat /proc/iomem

buyrug'ini yozsa

sudo cat /proc/iomem

unusable memory turadi aynan shu ishlamaydigan qismi qilib belgilandi.

yana tekshirib ko'rish uchun

sudo nano /boot/grub/grub.cfg

yozsa

sudo nano /boot/grub/grub.cfg

badram satri qo'shilgan bo'ladi.


Windowsdaham shunga o'hshash

https://www.memtest86.com/blacklist-ram-badram-badmemorylist.html

shu sahifadan ko'rib chiqsalaring bo'ladi, buni tekshirib berolmayman ;)


Hulosa

nosoz tezkor hotiraniham ishlataversak bo'ladi. Izlagan imkon topar :)

Report Page