BUXORONING YETTI TARIXIY OBIDASI ICESCONING ISLOM OLAMI MEROSI RO‘YXATIGA KIRITILDI

BUXORONING YETTI TARIXIY OBIDASI ICESCONING ISLOM OLAMI MEROSI RO‘YXATIGA KIRITILDI

Buxoro viloyat madaniy meros boshqarmasi

Madaniyat vazirligi, Madaniy meros agentligi va Buxoro viloyat hokimligi bilan hamkorlikda Islom olamining ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO)ning Islom Olami Merosi ro‘yxatiga kiritish maqsadida Buxorodagi 7 ta madaniy meros obyektlarning tegishli nomzodnoma hujjatlari tayyorlanib Islom Olami Merosi Qo‘mitasiga taqdim etilgan edi.

2021-yilning 29-iyun kuni Islom Olami Merosi Qo‘mitasining to‘qqizinchi online majlisi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda, Buxoro 2020-yilda “Islom olami madaniyati poytaxti” deb e’lon qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi nomidan taqdim etilgan nomzodnoma hujjatlari ko‘rib chiqilib, Buxorodagi 7 ta, Ismoil Somoniy maqbarasi, Chor Bakr, Bahouddin Naqshband majmualari, Mag‘oki Attor masjidi, Poi-Kalon ansambli, Qadimgi Poykent shahri qoldiqlari va Toshsaroy madrasalari ICESCOning Islom Olami Merosi ro‘yxatiga kiritildi.

Online tarzda o‘tkazilgan majlisda shuningdek, Iyordaniya (1 ta), Eron (5 ta), Bangladesh (3 ta), Jazoir (1), Iroq (5 ta), Falastin (7 ta), Qatar (3 ta), Kamerun (1 ta), Liviya (16 ta), Misr (3 ta), Marokash (6 ta) davlatlarida joylashgan obidalar ham Islom Olami Merosi ro‘yxatiga kiritldi. 

Shuningdek, kelajakda ushbu madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish, ularni o‘rganish va xalqaro miqiyosda keng targ‘ib qilish bo‘yicha ICESCO va Islom Olami Merosi Qo‘mitasi bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirish yuzasidan kelishib olindi.

 

Buxoro viloyat madaniy meros boshqarmasi matbuot xizmati.


Report Page