BUXORONI SEVMAY BO`LMAS

BUXORONI SEVMAY BO`LMAS

 

20-oktyabr “Buxoro kuni” munosabati bilan. O`zbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro viloyat Kengashida, Buxoro viloyat hokimligi, Buxoro Davlat Universiteti hamda Respublika ma’naviyat va m’arifat markazi Buxoro viloyat bo`limi bilan hamkorlikda “Ko`hna va boqiy Buxoro” xalqaro ilmiy – amaliy konferensiyasi o`tkazildi.

O`tkazilagan konferensiyasida yoshlar ittifoqi a’zolarining 760 nafari hamda viloyatda mavjud oliy o`quv yurtlari olimlari, xotin-qizlar qo`mitasi, boshlang`ich tashkilotlar va nodavlat tashkilotlar xodimlari, mutaxassislar, tadqiqotchilar, izlanuvchi yoshlar, bakalavr va magistrlari ishtirok etishdi. Konferensiyani Buxoro shahar hokimi Kamolov Karim Jamolovich ochib berdi.


Shahar hokimi Buxoro sharqning mashhur qadimiy shaharlaridan biri ekanini. Arxeologik maʼlumotlarga ko`ra, Buxoroga miloddan avvalgi 1-ming yillik o`rtalarida asos solingani, Zarafshon daryosining quyi oqimida joylashgani, Buxoro shahri va uning atrofidagi yerlar qadimda nihoyatda xushmanzara — hayvonot va o`simlik dunyosi betakror, ko`l va oqar suvlarga boy bo`lib, tarixchi Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asaridagi maʼlumotlar buni tasdiqlashini takidlab o`tdi. Buxoro shahrining Buyuk ipak yo`li chorrahasida joylashganligi ilk davrlardan boshlab hunarmandchilik tarmoqlari (kulolchilik, temirchilik, misgarlik, zardo`zlik, zargarlik, shishasozlik, kandakorlik, badiiy kashtachilik savdo-sotiq ishlarining rivojlanishiga turtki bo`lganini Konferensiya qatnashchilariga ma’lumot tarzida aytib o`tdi.

- Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, Yurtboshimiz rahnamoligida milliy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirish, madaniy merosni, ayniqsa tarixiy-memoriy obidalarni asrash, ularni kelgusi avlodga yetkazish borasida katta ishlar amalga oshirildi, ,-deydi Buxoro Davlat Universiteti tarix va ma’daniy meros fakulteti 3 kurs talabasi Shoxijaxon Axadov. Shulardan Masjidi Kalon, Chorbakr, Ark qal’asi kabi qator tarixiy obidalari ta’mirlanib, asl qiyofasiga keltirildi. Tasavvuf namoyandalari, Naqshbandiya tariqati asoschilari Abdulxoliq G`ijduvoniy, Bahouddin Naqshband ziyoratgohlari obod etildi. Konferensiya juda ajoyib tarzda o`moqda ma’ruza uchun taklif qilinganlarning barchasi biz bilmagan ma’lumotlarga ega bo`lgan fan doktorlari, ularning ma’ruzalarini tinglashdan nafaqat men boshqa yoshlarimiz ham zerikmadik. Konferensiya olgan bilimlarimiz va ma’lumotlarimiz nafaqat menga balki boshqa tengdoshlarimga ham kelajakda asqotadi.

- Buxorodan dunyoga taniqli bo`lgan tarixchi olim Narshaxiy, yirik shoirlar Rudakiy va Daqiqiylar kelib chiqqanini bilar edim lekin ularning tarixiga bog`liq bo`lgan ko`plab ma`lumotlarga ega emas edim, - deydi Buxoro Davlat Universiteti talabasi Shodiyeva Munisa. Bugun Konferensiyaga taklif qilingan mehmonlar tomonidan ularga bog`liq bo`lgan hikoyalar aytib berildi. Lekin ayni shu shaharda, odamlarning gap-so`zlariga qaraganda xalqning sevimli namoyandasi, o`tkir so`zli «tinchlikni buzuvchi» latifago`y Xo`ja Nasriddin Afandi ham yashagan. Biz Buxoroni boricha yaxshi ko`ramiz.

Konferensiyada Qurbonova Manzila Boqievna, Beshim Mirzaqulov, Maxmud Orziyev, G`afurov Abdurauf Fozilovich kabi fan doktorlari ham ishtirok etishdi.


Feruz Sayfullayev

Azamat Kattayev olgan suratlar



Report Page