BUXORODAGI YO'L INFRATUZILMA OBYEKTLARIDA NAZORAT TADBIRLARI O'TKAZILDI

BUXORODAGI YO'L INFRATUZILMA OBYEKTLARIDA NAZORAT TADBIRLARI O'TKAZILDI

Buxoro viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti Axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 21 sentyabrdagi “Yo‘lbo‘yi va turistik infratuzilmani yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 793-son qaroriga muvofiq, 2020 yil 1 martdan boshlab jamoat maqsadlariga mo‘ljallangan va kecha-kunduz ishlaydigan, sanitariya va shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga javob beradigan sanitariya-gigiyena shoxobchalari bilan jihozlanmagan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari (AGTKS), avtomobillarga gaz quyish stansiyalari (AGQS) va avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyalari (AYQS)ning faoliyat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmasligi belgilangan.

Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini turizm hamda unga bevosita bog‘liq bo‘lgan tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash orqali kamaytirish, mavjud sanitariya-epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda turizm sohasini qayta tiklash hamda tadbirkorlik subyektlariga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 433-son qaroriga muvofiq, jamoat maqsadlariga mo‘ljallangan va kecha-kunduz ishlaydigan, sanitariya va shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga javob beradigan sanitariya-gigiyena shoxobchalari bilan jihozlanmagan AGTKS, AGQS va AYQSlarning 2020 yilning 1 sentyabrdan faoliyat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmasligi belgilangan.

Yuqoridagi qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat Turizmni rivojlantirish departamenti, Sanitariya-epidemiologiya inspeksiyasi Buxoro viloyat boshqarmasi hamda “O‘zneftgazinspeksiya” Buxoro viloyati hududiy bo‘limi mas'ullari bilan birgalikda Buxoro viloyatining Olot, Qorako‘l, Jondor, Qorovulbozor, Buxoro, Romitan, Peshku, Kogon tumanlari va Kogon shahrida faoliyat olib borayotgan AGTKSh, AGQSh va AYoQShlarda sanitariya-gigiyena shaxobchalarining mavjudligi hamda sanitariya va shaharsozlik normalari hamda qoidalari talablariga muvofiqligini qayta o‘rganish yuzasidan nazorat tadbirlari olib borildi.

O‘rganishlar natijasida jami 182 ta yonilg‘i quyish shaxobchalaridan 45 tasida qayta qurish, ta’mirlash hamda jihozlash ishlari olib borilmaganligi aniqlandi. Bular esa: Olot tumanida-3ta, Qorako‘l tumanida-3ta, Jondor tumanida-11ta, Qorovulbozor tumanida-1ta, Buxoro tumanida-7ta, Romitan tumanida-7ta, Peshku tumanida-4ta, Kogon tumanida-5ta, Kogon shahrida-4tani tashkil etadi.

Nazorat tadbirlari davomida AGTKSh, AGQSh va AYoQSh egalari bo‘lgan yuridik shaxslarga ogohlantirish xatlari, o‘rganish dalolatnomalari hamda namunaviy loyiha asosida quriladigan SGShlarning loyihalari taqdim etilganligiga qaramasdan qurilish, ta’mirlash ishlari hanuzgacha boshlanmaganligi aniqlandi va tushuntirish ishlari olib borildi. Navbatdagi tumanlarda ham o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

✍️ Buxoro viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti Axborot xizmati

📌 A’zo bo‘ling: https://t.me/bukhtourism

ПРОВЕДЕНЫ КОНТРОЛЬНЫЕ МЕРОПРИЯТИЯ НА ОБЪЕКТАХ ДОРОЖНОЙ ИНФРАСТРУКТУРЫ В БУХАРЕ

Соглано Постановлению Кабинета Министров Республики Узбекистан от 21 сентября 2019 года № 793 "О мерах по дальнейшему развитию дорожной и туристической инфраструктуры" не допускается функционирование АГНКС, АГЗС, АЗС, предназначенных для общественных целей, работающих круглосуточно, не оборудованных санитарно-гигиеническими пунктами и отвечающими требованиям санитарных и градостроительных норм и правил.

В целях обеспечения исполнения вышеуказанного Постановления, сотрудники Бухарского областного департамента по развитию туризма, управления санитарно-эпидемиологической инспекции совместно с сотрудниками Бухарского территориального управленият “Узнефтегазинспекция" проводят контрольные работы по изучению санитарно-гигиенических пунктов и их соответствия требованиям санитарных и градостроительных норм и правил в АГНКС, АГЗС, АЗС в Алатском, Каракульском, Жондорском, Караулбазарском, Бухарском, Ромитанском, Пешкунском, Каганском районах и городе Кагане Бухарской области. 

В результате исследований установлено, что работы по реконструкции, ремонту и оснащению в 45 из 182 топливозаправочных пунктов приостановлено. 

В частности, число данных объектов составляет в Алатском районе-3, Каракулском районе-3, Жондорском районе-11, Караулбазарском районе-1, Бухарском районе-7, Ромитанском районе-7, Пешкунском районе-4, Каганском районе-5 и городе Когон-4.  

Несмотря на то, что юридическим лицам, являющимся собственниками АГНКС, АГЗС, АЗС были представлены предупреждающие письма, акты обследования, а также проекты типового СГП, строительно-ремонтные работы до сих пор не начаты. В других районах Бухарской области также проводятся контрольные работы.

✍️ Пресс-служба департамента по развитию туризма Бухарской области

📌 Присоединяйтесь: https://t.me/bukhtourism

Report Page