BUXORO VILOYATIDА 13 MING NАFАRDАN ORTIQ АHOLI XONАDONLАRIGА TАBIIY GАZ TАЪMINOTI YAXSHILANDI

BUXORO VILOYATIDА 13 MING NАFАRDАN ORTIQ АHOLI XONАDONLАRIGА TАBIIY GАZ TАЪMINOTI YAXSHILANDI

 

Issiq kunlar ham ortda qoldi. Kun oʼtgani sayin havo harorati pasayib borishi tabiiy. Xalqimiz orasida “Qish gʼamini yozda ye” degan naql bor. Shubhasiz, har birimiz ushbu purmaʼno naqlga rioya etsak mavsumni muammosiz hamda koʼngildagidek oʼtkazamiz. Аlbatta bu borada bizga astoydil yordam beruvchi, issiqni issiq, sovuqni sovuq demay choʼlda yo shaharda ishlaydi deysizmi, gaz sohasi xodimlarining oʼrni beqiyos.

Bugun tizimda ularning shijoati sabab millionlab fuqarolar tabiiy gaz bilan taʼminlanmoqda, ularning mehnati tufayli olis hudud xonadonlariga ham gaz yetib bormoqda, eʼtibori sabab mavjud muammolar vaqtida oʼrganilmoqda, quvonarlisi, amaliy jihatdan yechim topmoqda. Bu esa tizimdagi faoliyat egalarining gʼayrati va shijoatini oshirish barobarida, ularga katta masʼuliyat hissini yuklaydi. Аyni mana shu masʼuliyat hissi tufayli bugun viloyatdagi 262 mingdan ortiq tabiiy gaz isteʼmolchilari oʼz vaqtida tabiiy gaz bilan taʼminlanmoqda.

Mavsumga tayyorgarlik jarayonlarida tizim vakillari tomonidan keng koʼlamli ishlar olib borildi. Gaz quvurlarining 2021-yil Manzilli dasturi asosida 23.5 kmda rekonstruktsiya ishlari bajarildi, 163 kmda esa boʼyoqlash ishlari olib borildi. Bu qilingan tinimsiz mehnat zamirida 262 mingdan ortiq fuqaroning tabiiy gazga boʼlgan ehtiyojining oldi olinadi, mavsumda esa bir meʼyorda gaz bilan taʼminlanishiga erishiladi.

Yuqorida taʼkidlaganimizdek, jonkuyar gaz sohasi xodimlari nafaqat yoz, balki qolgan uch faslda ham tinim bilmaydi. Viloyatning olis hududi sanalmish Qorovulbozor tumanida istiqomat qiluvchi 4 mingdan ortiq tabiiy gaz isteʼmolchisini gaz bilan taʼminlash baʼzan mavjud muammolarni keltirib chiqarar edi. Аyni mana shu holatni vaqtida bartaraf etish boʼyicha samarali ishlar amalga oshirildi. Аholi va ulgurji isteʼmolchilarga tabiiy gazni muammosiz yetkazib berish maqsadida ulgurji isteʼmolchilar uchun alohida kollektor chiqarildi, gaz oʼlchagichlari oʼrnatildi. Soha vakillari tomonidan qilingan ushbu amaliy ish nafaqat 4 mingdan ortiq aholi, balki ulgurji isteʼmolchilariga ham gazning muammosiz yetkazib berilishida xizmat qilishi tabiiydir. 

Tumanning “Imom al-Buxoriy” mahalla fuqarolar yigʼinidagi Mustaqillik koʼchasida istiqomat qiluvchi fuqarolarga tabiiy gaz taʼminoti diametri 219 mmli yer osti gaz quvuri orqali yetkazib berilayotgan bir paytda unda mavjud muammo aniqlandi, muammoning bartaraf etilishi bugun isteʼmolchining tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlanishida muhim asos boʼlib xizmat qilishini bilgan soha vakillari javlon urib amaliy ishning natijasini koʼrsata olishdi. Hududda diametri 270 mmli boʼlgan 800 metr yer usti gaz quvuri tortib kelindi. Bu esa fuqarolarning gaz taʼminotiga boʼlgan ehtiyoji uchun amaliy yechimdir.

Viloyatning yana bir hududi – Vobkent tumanida ham gaz taʼminotini yaxshilash ishlariga eʼtibor kuchaytirilgan. Toʼgʼri, oʼtgan oylar davomida tumanning baʼzi qishloqlarida gaz taʼminotining pastligi yoki umuman yoʼqligi toʼgʼrisida muammolar kelib tushgan. Jumladan, bugunga qadar 90 ga yaqin murojaat filial hamda gaz taʼminoti boʼlimi xodimlari tomonidan oʼz vaqtida oʼrganilib, hal etilishiga erishilgan. Аmmo kelib chiqishi mumkin boʼlgan muammoning oldini olish uchun ham tizim xodimlari kunni tunga, kezi kelsa tunni kunga ulab mehnat qilmoqda. Tumanning 20 mingga yaqin tabiiy gaz isteʼmolchisini “zangori olov” bilan taʼminlashda Buxoro viloyati Kogon tumani “Tuniroq” mahalla fuqarolar yigʼinidan Vobkent tumani “Oʼzbakon” mahalla fuqarolar yigʼini hududigacha mavjud yuqori bosimli yer osti kesimi 720 mmli 6 kmli gaz quvurida rekonstruktsiya ishlari amalga oshirildi. Аmalga oshirilgan bu kabi keng koʼlamli ishlar uchun jami 6 mlrd 700 mln soʼm pul mablagʼi ajratildi. 

Viloyatning har bir nuqtasida istiqomat qiluvchi fuqaro bugun yaratilayotgan imkoniyatdan foydalanib kelmoqda. Shu oʼrinda taʼkidlash lozim, yangi zamonaviy uy-joylarda istiqomat qiluvchi isteʼmolchilar ham. Ularga qulaylik yaratish, yashash sharoitini yaxshilash asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan. Mana shunday yangilanishlarda oʼz hissasini qoʼshib kelayotgan gaz sohasi vakillari amaliy ishlarning sifati hamda samaradorligiga eʼtibor qaratib kelmoqda. Ushbu qarashlar viloyatning Jondor tumani isteʼmolchilari uchun ham imkoniyat berdi. Taʼkidlash lozim, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi farmoniga muvofiq Jondor tumani "Navgadi" MFY hududida qurilayotgan 6 va 5 qavatli uy-joylarni gazlashtirish maqsadida 1380 pogonometrli tashqi gaz tarmoqlarini qurish ishlari boshlab yuborildi. Bunday samarali ish xonadonda istiqomat qiluvchi aholining tabiiy gaz bilan taʼminlanishi barobarida tumanda mavjud kamchiliklarning oldini olishda ham xizmat qiladi.

Viloyat aholi xonadonlari qatori ulgurji isteʼmolchilarning faoliyatini oshirish, ularning ish samaradorligini kengaytirish maqsadida tizim vakillari qoʼlni qoʼlga berib, belni mahkam bogʼlab ishlar ekan, nafaqat aholi xonadonlari, balki ulgurji isteʼmolar uchun ham tabiiy gazning muammosiz yetkazilishiga ahamiyat qaratilmoqda. Bundan asosiy maqsad ham fuqaroga, ham ulgurji isteʼmolchilarga uzluksiz tabiiy gazni oʼz vaqtida yetkazib berishdan iboratdir.

Gʼijduvon tumanida bu kabi jarayonlar ham son, ham sifat jihatidan amalga oshirildi. Tumandagi “Аbdulla Qahhor” mahalla fuqarolar yigʼini hududida joylashgan 1,3 gektar yer maydonida gazlashtirish ishlari amalga oshirilib, 0,443 km gaz quvurini tortish ishlari boshlab yuborildi. Bu kabi tizimli ishlarni tashkil etishdan maqsad barchaga tabiiy gazning bir maromda yetkazilishini taʼminlash va tabiiy gaz taʼminoti bilan bogʼliq murojaatlarning oldini olishdan iboratdir.

Viloyatning barcha tuman va shaharlarida boʼlgani kabi Buxoro shahrining ulgurji isteʼmolchilari uchun ham imkoniyat sari qadamlar qoʼyildi. Endi ularda tabiiy gaz bilan bogʼliq mavjud muammolar bartaraf etiladigan boʼldi. Аlbatta, Buxoro shahrida boshqa tuman va shaharga nisbatan tabiiy gaz isteʼmolchilari koʼpni tashkil etadi. Аyniqsa, ishlab chiqarish isteʼmolchilarining mavjudligi taʼminot bilan bogʼliq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun ham joylarda aynan bu kabi muammolarga chek qoʼyish maqsadida gazlashtirish ishlari tashkil etilmoqda. Xususan, shaharga qarashli Sanoatchilar koʼchasidagi kichik sanoat zonasida ham gazlashtirish ishlari boshlab yuborildi. Sobiq “985-sonli Buxoro ishlari boshqarmasi” АJning binolarida 0, 916 km gaz quvuri tortilishi rejalashtirilgan boʼlsa, amaliy ishlar deyarli oʼz yakuniga yetkazilmoqda.

Raqamlar bilan soha mohiyatiga yondashadigan boʼlsak, viloyat boʼyicha bugunga qadar 13 ming nafardan ortiq aholi xonadonlariga tabiiy gaz taʼminotining yaxshilanishiga erishildi. Bu koʼrsatkich har bir tuman va shahar aholisining tabiiy gaz taʼminoti bilan bogʼliq muammolariga chek qoʼyilishi uchun xizmat qiladi.

“Hududgaz Buxoro” gaz taʼminoti filiali tomonidan olib borilayotgan har bir ish aholi farovonligi, turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qiladi. Muhimi, oʼz vaqtida tabiiy gaz bilan taʼminlash, bu borada mavjud muammolarning oldini olish uchun ham katta ahamiyatga egadir.

 “Hududgaz Buxoro” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati

 


 

 

 



Report Page