BUXORO SHAHAR HOKIMLIGI RAHBARIYATI ISHTIROKIDA BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI BITIRUVCHILARI BILAN UCHRASHUV O'TKAZILDI

BUXORO SHAHAR HOKIMLIGI RAHBARIYATI ISHTIROKIDA BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI BITIRUVCHILARI BILAN UCHRASHUV O'TKAZILDI

April 27, 2021

Bugun Buxoro davlat universitetida Buxoro shahar hokimligi rahbariyati, xususan Buxoro shahar hokimi o‘rinbosari A.Hayitovning universitet bitiruvchilari bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi. Ushbu uchrashuvni kirish so`zi bilan BuxDU rektori Obidjon Xamidov ochib berdi.

Uchrashuvda yoshlar muammolarini hal qilish, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ochiq muloqot bo‘ldi. Uchrashuvda davlat tashkilotlari, korxona rahbarlari, prorektorlar, fakultet dekanlari, bo`lim boshliqlari, bitiruvchi talabalar hamda professor-o'qituvchilar ishtirok etishdi. Takliflari ma’qullanib, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

BuxDU Matbuot xizmati

Report Page