BUXORO DAVLAT UNIVERSITETINING UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA TA'LIM SIFATI VA O'QITUVCHILARNING KASBIY MAHORATINI OSHIRISH VA METODIK QO'LLAB-QUVVATLASH BO'YICHA TUZILGAN ISHCHI GURUH UNIVERSITETGA BIRIKTIRILGAN G'IJDUVON TUMAN 1-SONLI MAKTABGA TASHRIF BUYURDI.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi " O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora -tadbirlari to'g'risida"gi PF-6108-farmon asosida Buxoro davlat universitetining umumta'lim maktablarida ta'lim sifati va o'qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish va metodik qo'llab-quvvatlash bo'yicha tuzilgan ishchi guruh universitetga biriktirilgan G'ijduvon tuman 1-sonli maktabga tashrif buyurdi.
Dastavval, maktab faollar zalida 11-sinf bitiruvchilari bilan davra suhbati bo'lib o'tdi. Suhbat davomida bugungi kunda oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun yaratilgan keng imkoniyatlar va imtiyozlar haqida ,shuningdek qabul jarayoni, kirish imtihonlari tartiblari to'g'risida ma'lumot berib o'tildi.
Pedagogika fakulteti dekani, p.f.n.,dotsent E.Muxtorov tomonidan maktab psixologlariga o'z vazifasidan kelib chiqqan holda kerakli tavfsiyalar berildi. Maktab kutubxonasi fondiga 20 dona " Omadga erishish psixologiyasi" kitobi, maktab psixologlariga Psixologiya ilmiy jurnalining so'nggi nashr 3 ta soni tuhfa etildi hamda ushbu jurnalning internetdagi sayt manzilidan muntazam ravishda foydalanish tavfsiya etildi.
Ishchi guruh a'zosi Jahon tarixi kafedrasi mudiri, t.f.f.d. maktab direktori O'. Avezovga "Fayzulla Xo'jayev milliy manfaatlar va siyosiy kurashlar maydonida" nomli mualliflik monografiyasini topshirdilar.
Ingliz adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi M.Rahimov davra suhbati davomida bugungi kunda yoshlarning zamon bilan hamnafas tarzda bilim olishlari uchun chet tillarni puxta o'zlashtirish muhum omil ekanligi va universitetda bu borada yaratilgan imkoniyatlar haqida ma'lumot berdilar.
Tashrif davomida ishchi guruh a'zolari maktab sport zali, kasbga yo'llash o'quv xonasi , informatika va o'quv labaratoriya xonalari holati bilan yaqindan tanishdilar.
Maktab o'quvchilari o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob topdilar.
BuxDU Matbuot xizmati