BUXORO AMIRLIGI SULOLASINING ASOSCHISI- MUHAMMAD RAHIMBIY 

 BUXORO AMIRLIGI SULOLASINING ASOSCHISI- MUHAMMAD RAHIMBIY 

Baqoyev Umidjon, Buxoro davlat universiteti
Buxoro amirligi. XIX asr oxiri

Tarixdan ma`lumki, ashtarxoniylar sulolasi (1601-1753) yillarda hukmronlik qilgan. Ashtarxoniylar sulosa so`nggi vakillari davrida ayniqsa, Abulfayzxon (1711-1747) hukronligi davrida o`zaro ichki kurashlar, o`zboshimchalik, o`zbek qabillari o`rtasidagi hokimiyat uchun kurash, hududlarda mustaqillik uchun kurash Buxoro xonligini zaiflashuviga olib kelgan edi. Bularning barchasi Ashtarxoniylar sulolasining vakillaridan biri Abulfayzning davlatni boshqarish tajribasiga ega emasligiga dalolat beradi. Tarixchi olim Mirza Abdulazim Somiy asarida Abulfayzxon Rahimbiyning otasi, Xudoyor-otaliqning o`g`li – Hakim-otaliq mang`itning kuchli qo`llariga davlat idora tizginini topshirib, o`zi bekorchilik, aysh-ishrat va o`smiru qiz juvonlar ila muosharat qilishdan o`zga narsa bilan ishi bo`lmay qoldi.Buxoroda bo`lib o`tayotgan tartibsizliklardan foydalangan Eron shohi 1745-yilda Muhammad Rahimbiy rahbarligida Buxoroga katta qo`shin jo`natadi. Muhammad Rahimbiy Buxoroda vaziyatni yumshatish borasida katta ishlar olib boradi. U deyarli barcha yirik mansablariga o`zining yaqin qarindoshlari va maslakdoshlarini qo`yib, ularning yordamiga tayanib poytaxtda o`z mavqeyini mustahkamlaydi. 1746-yilda Nodirshoh o`ldirilgach, ko`p o`tmay Abulfayzxon ham o`ldiriladi(1747). Uning o`rniga nihoyatda yosh bo`lgan Ubaydulla Sulton nomigagina o`tqaziladi. Shundan so`ng Muhammad Rahimbiy boshqaruvni o`z qo`liga ola boshlaydi. U mamlakatni markazlashtirish siyosatini davom ettiradi. Hokimiyat tepasiga Muhammad Rahimbiyning kelishi Buxoro xonligida birinchi marta Chingiz bo`lmagan aslzodalar sulolasi boshqarganligini anglatadi. Shu sabablari buyruq unvonlardan foydalangan Buxoro mang`it amirlari Astraxan xonadoni   hukmdorlarini o`z qo`llarida qo`g`irchoq qilib mamlakatni boshqarganlar.

Bartoldning ta`kidlashicha Muhammad Rahimbiy Buxoro ruhoniylari va``hunarmandlar hamda fuqorolarning atoqli kishilari`` ishtirokida taxtga chiqarilgan. Uning qo`shini yollanma qo`shin bo`lgan.U birinchi navbatda , o`zining harbiy kuchlarni kuchaytirishga intiladi. Muhammad Rahimbiy davrida bir necha yangi soliqlarni joriy etadi.

``Gulshan al mulk`` nomli Buxoro yilnomasida muallifning ta`kidlashicha ``Muhammad Rahimxon 92 o`zbek urug`ini markaziy hukumatga qarshilik ko`rsatgani uchun har qanday imkoniyatdan mahrum e`tib, ularni bo`ysundirishga harakat qilgan``. Muhammad Rahimbiy ularni markaziy hokimiyatga bo`ysunishga harakat qilgan. U Nurotaning hokimi To`g`ay Murod burgutning Miyonqoldagi qo`zg`olonini bostiradi. O`sha davrda Miyonqol Buxoro amirligining aholisi ko`p markaziy tumanlardan biri bo`lgan Zarafshon vodiysining o`rta oqimida , Samarqand bilan Buxoro o`rtasida joylashgan edi. U To`gay Murodni yengib, Nurota yurtini tortib oladi.

Muhammad Rahimbiy g`ayratli va qattiqqo`l siyosatchilardan hisoblangan.U Ashtarxoniylar davrida zaiflashib qolgan markaziy mavqeyini tiklashga urinib, Samarqand, Miyonqol ,Qarshi, Huzor,Shahrisabz, Karmana,Chorjo`y va Karki qabilalalarini  poytaxt izmiga qaytara olgan. ``Tuxfai xoni ``ning muallifi Muhammad Vafoiy Karmanagiy o`z kitobida hikoya qilishicha ``xon To`g`ay Murod o`z sodiqligini ko`rsatganiga qadar, o`zi tug`ilgan yerda idora etishdan chetlatilsin, uning o`rniga Buxoro tumanidan tirikchilik qilish uchun yer-mulk berilsin`` deb Muhammad Rahimbiy buyruq bergan. Yuqorida takidlaniganimizdek, To`g`ay Murod Miyonqolda qo`zg`olon ko`targan edi. Buxoro xonligida Muhammad Rahimbiyga qarshi O`ratepada Fozilbiy (1749-1785) qo`zg`olon ko`taradi. Muhammad Rahimbiy bunga puxta tayyorgarlik ko`rishi kerak edi. U 1754-yilda Qo`qon xoni Erdonabiy va qipchoq boshliqlari bilan O`ratepaga birgalikda hujum qilish to`g`risida kelishuvga erishadi.

Muhammad Rahimbiy muhum strategik ahamiyatga ega bu hudud mamlakat tashqi siyosati va savdo munosabatlarida katta rol o`ynagan Surxon vohasiga 3 marta yurish qilgan. Birinchi jang Poshxurd qishlog`I atrofida yuz berdi va mahalliy beklar g`alaba qozonishdi. Ikkinchi yurishda Sherobod qal`asi egallanib, 3 ming bosh ot, 500 tuyaga ortirilgan qimmatbaho mollar va 20 ming tanga Buxoroga olib ketiladi. Muhammad Rahimbiy Buxoro amiri deb e`lon qilingandan so`ng ham Hisor o`lkasi uning hokimiyatini tan olmaydi. 1757-1758-yillar bo`ysinishni istamagan Hisor, Denov, Dushanbe, Boysun va Termizga qarshi navbatdagi harbiy yurishlarni uyushtirdi. 1757-yil Denovda yuz bergan amir navkarlari va savdo ahli o`rtasidagi to`qnashuv ``Toj ut-tavorix`` asarida quyidagicha tasvirlanadi: ``1757-yil 4-may kuni Denov shahrida odatdagicha viloyatning hamma tomonlaridan oldi-sotdi qilish uchun kelgan juda ko`p kishilar to`plangan edi. Ular hech narsadan xabarsiz o`zlarini savdo ishlari bilan mashg`ul bo`lib foyda chiqarib olish bilan ovora edilar. Ammo qo`zg`olon ko`targan mahaliy amirlarning yigitlari har qaysi darvozadan bitta-bitta shahar ichiga kirib keldilar va xalq bilan liq to`la savdo qizib turgan bozorga hujum qildilar. Ular yovvoyi sherlardek tinch aholi ustiga yopirildilar, bozorni tarqatib yuborib, mollarni va qimmatbaho buyumlarni bosib oldilar.Arkdan bozorga o`z ishi bilan kelgan buxorolik sarbozlarlarni tutib olib, shu joyning o`zidayoq o`ldirdilar``. Bu qo`zg`alon Muhammad Rahimbiy tomonidan 40 ming kishilik qo`shin bilan shafqatsizlarcha bostirildi. 1758-yilda Hisor hukmdori Muhammad Amin boshchiligida qo`zg`olon ko`tariladi. Uni bostirish uchun Muhammad Rahimbiy Hisorga katta qo`shin tortadi. Shahar vayrona etiladi, Muhammad Amin qatl etilib, o`rniga boshqa hukmdor tayinlanadi. Urushlar tufayli vayron bo`lgan Darg`om kanalini qayta tiklagan. Buxoro shahrining mudofaa devorini mustahkamlab, balandligi 2 metrli yangi devor qurdirgan. Muhammad Rahimbiy qurilish ishlarini ham olib borgan. Jumladan, u 1756-1758-yillarda Arkning shimoli-sharqiy qismida Childuxtaron masjidini qurdirgan.Bundan tashqari u Muhammad Rahimbiy(1753-1758) o`z nomidan oltin va kumush tangalar zarb qildirgan.

 Rahimbiy 45 yil umr ko`rdi va u mard, dovyurak, tabiatdan saxiy, oliyjanob va himmatpesha odam edi. U o`zgalarga muruvvat ko`rgazib, ularni turfa tuhfalar ila siylab, o`ziga rom qilib, xonlik unvoniga erishdi. Sermulohazalik va tadbirkorlik bobida tengsiz edi. Biroq o`ziga itoat etmagan, jasur kishilarning qonini to`kib, (ularni) yo`q qilib, arzimagan aybi uchun ayovsiz jazolab turardi.

1758-yil 24-martda Muhammad Rahimbiy vafot etdi.

Xulosa qilib aytganda, Muhammad Rahimbiy Buxoroda mang`itlar sulosasiga asos soldi. Uning davrida 92 ``o`zbek urug`ini`` birlashtirdi. Mamlakatni markazlashgan davlatga aylantirdi. Bo`ysunmagan hokimliklarni bo`ysundirdi. U Miyonqol, Nurota, Urgut, Qobadiyon, Boysun kabi markaziy hokimiyatga bo`ysunmagan viloyatlarga yurish qilib, ularni bo`ysuntirdi. U Buxoro amirligiga poydevor qo`yib, mustaqil Buxoro amirligiga asos soldi.

Barcha ma'lumotlar manbalar asosida yoritilgan.

Бухоро тарихига кизикувчилар учун ажоиб канал.

https://t.me/buxorotar2020

Бухоро тарихига оид кизикарли фактлар;

Бухоро тарихига оид Тарихий фото суратлар;

Бухоро тарихига оид ноёб китоб ва манбалар
Buxoro davlat univerteti, Baqoyev Umidjon














Report Page