BURUNDAN QON OQISHI

BURUNDAN QON OQISHI

@doctorbisyorbek

BURUN QONASHIGA OLIB KELUVCHI SABABLAR MAHALLIY VA UMUMIY BO’LADI.

MAHALLIY SABABLARI:

• Burunning turli shikastlanishlari, burunni doimo qashlaganda, Yosh bolalar yot jismlarni burunlariga solishi.

• Bosimning tez o‘zgarishi natijasida burundan qon ketish. Ko‘pincha tog‘ga chiqqanda, suv tubiga sho‘ng‘iganda, samalyotda uchganda kuzatiladi.

• Shilliq qavatining to‘la qonligi, qon tomir devorining yupqalashishidan qon ketish. Gripp, O‘RVI, allergik rinit yoki surunkali sinusitlarda yallig‘lanishga qarshi dori preparatlaridan foydalanilganda qon ketish kuzatiladi.

• Narkotik qabul qilganda. Burun orqali narkotik vositalarni qabul qilganda, ayniqsa kokain qabul qilinganda burun qonashi mumkin.

• Burunning anatomik deformatsiyasida, burun to’sig’iini qiyshiqligida.

• Burun bo‘shlig‘i yaxshi va yomon sifatli o‘smalarida. 

• Issiq yoki quyosh urganda, issiq ob havo sharoitida burundan qon ketish kuzatiladi.

• Burun sohasida operativ muolaja o‘tkazilgandan keyin qon ketishlar.

UMUMIY SABABLARI:

• Arterial gipertenziya (Qon bosimi oshishi).

• Qon tomirlar kasalliklari.

• Tug‘ma qon tomir patologiyalari.

• Qon kasalliklari.

• Avitaminozlar, ayniqsa C va K vitamin yetishmovchiligida.

• Yurak kasalliklari, yurak yetishmovchiliklarida.

• Biriktiruvchi to‘qima patologiyalarida.

• Nosteroid yallig‘lanishga qarshi v vositalarni noto‘g‘ri qo‘llash yoki ularning nojo‘ya ta’siri natijasida.

• Buyrak va jigarning og‘ir kasalliklari.

• Jismoniy zo‘riqish.

• Xavfli infeksion kasalliklar.

• Homilador ayollar organizmidagi gormonal o’zgarishlarda.

DAVOLASH:

Burundan qon ketganda (shifokorgacha) boshni ortga tashlash mumkin emas! Aksincha, boshni va tanani biroz oldinga egish, burun qanotlarini siqish kerak (10-15 daqiqa davomida) . Burun va peshona sohasiga sovuq bosish tomirlar torayishi hisobiga yaxshi foyda beradi. Og‘iz bo‘shlig‘iga tushgan qonni tuflab tashlash lozim bo'ladi.( Shifokor tamonidan) Qon ketish darajasiga qarab burun tampondalari, zararlangan tomirlarni kuydurish va turli qon ketishini to’xtatuvchi dori moddalari qo'llaniladi.

Report Page