BUGUNNING TALABI MEHNAT MUNOSABATLARINI TО‘G‘RI SHAKLLANTIRISHDIR

BUGUNNING TALABI MEHNAT MUNOSABATLARINI TО‘G‘RI SHAKLLANTIRISHDIR


Yaqinda О‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Navoiy viloyati kengashida Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasining viloyatdagi barcha vakillari ishtirokida seminar о‘tkazildi. 

О‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengnashining Navoiy viloyati bо‘yicha  mas’ul tashkilotchisi Bahodir Aslonov mazkur tadbirni ochish jarayonida biryо‘la mamlakat qishloq xо‘jaligini isloh qilish, tizimda davlat boshqaruvini yanada shaffoflashtirish, mehnat munosabatlarini tо‘g‘ri shakllantirish, mehnatga haq tо‘lashni bugungi kunga muvofiqlashtirish masalalarida batafsil tо‘xtaldi.

Sо‘ngra viloyat kengashi raisi Nazira Tog‘ayeva sо‘z olib, ayni pallada mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida yuz berayotgan muhim yangiliklar, ishchi –xodimlar hamda xotin-qizlar manfaatlarini mustahkam himoya qilish,  turmushimizga joriy qilinayotgan islohotlarning yuksak samaralari haqida fikr-mulohazalarini bildirdi. Viloyat kengashi mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bо‘limi boshlig‘i Olimjon Bobomurodov turli korxona va tashkilotlardagi ish haqidan qarzdorlik holatlari va yangi jamoa shartnomalarining afzalliklari haqida ma’ruza qilish davomida ba’zi bir ish beruvchilarning amaldagi mehnat qonunchiligiga tо‘liq amal qilmayotganligini salbiy baholadi.

Mehnat huquq inspektori Alisher Rahmatov, mehnat munosabatlari bо‘yicha viloyat kengashining yetakchi mutaxassisi Hamza Eshonqulovlarning yangi tahrirdagi mehnat kodeksi tо‘g‘risidagi, ish joylarida mehnat muhofazasi va texnika xavsizligiga rioya qilmaslikning salbiy oqibatlari haqida bildirgan fikrlari va bu borada keltirgan aniq misollari kо‘pchilikda qiziqish uyg‘otdi.

Tadbir sо‘ngida barcha qatnashchilar qishloq jо‘jaligi sohasida kasaba uyushmalarining alohida о‘rni borligini yakdil ta’kidlash barobarida bundan buyon ham mehnat intizomini bо‘shashtirmaslik, jamoa shartnomalarini doimiy jamoatchilik nazoratida ushlashga kelishib oldilar.


Report Page