BU BIR SHINGIL XOLOS, SURXONDA PISHDI GILOS…

BU BIR SHINGIL XOLOS, SURXONDA PISHDI GILOS…


Joriy yil bahor mavsumining odatdagidan iliq kelishi va tadbirkor dehqonlarimizning tinimsiz mehnatlari tufayli ba’zi ertapishar mevalar har yilgidan-da barvaqtroq pishib yetilmoqda.

Yaqinda Surxondaryoning qator tumanlarida ertagi piyoz hosili yig‘ishtirib olinayotgani haqida xabar bergandik. Surxondaryo viloyatining Termiz tumani Yangiariq qishlog‘idagi aholi xonadonlaridan birida ilk bor bugun – 10-aprel kuni gilos pishib yetildi.

Xonadon sohibining xabar berishicha ushbu gilos ikki yil avval uy sharoitida olchaga payvand qilingan.

Qadim Surhon vohasida odatdagidan ancha avval pishib yetilgan ilk gilos mirishkor dehqonlarimizning yangi hosilni imkon qadar tezroq yurtdoshlarimizga yetkazishdek olijanob maqsadlar yo‘lida samarali mehnat qilayotganini anglatish bilan birga, kishi qalbida yilning barakali kelishiga, bog‘lar va dalalarda hosil mo‘l bo‘lishiga ishonch uyg‘otadi.







Report Page