BSOD
BSOD - bu Windows operatsion tizimida nosozlik bo'lishi oqibatida tizimning shu muammodan chiqib ketishi uchun ko'rsatadigan ko'k rangdaki xatolik oynasi. Bu muammo ko'pincha 4 ta sabab yuzasidan kelib chiqadi va foydalanuvchilarga bir mumcha noqulayliklar tug'diradi. Masalan muammo sodir bo'lganda kompyuter qayta o'zini yuklaydi va bu o'zi uchun xavfsiz chora deb o'ylaydi.
Sabablar:
- Tizimning haddan tashqari qizib ketganligi evaziga
- Asosiy tizim fayllari shikastlangani (o'chirilgani, ko'chirilgani) uchun
- Drayverlar eskirganligi yoki mos kelmaganligidan
- Kompyuterning hardware (HDD, RAM, ...ko'pincha RAM tarafdan bo'ladi) tomonida sodir bo'lgan muammolar yuzasidan
Birinchi navbatda qilinishi kerak bo'lgan dasturiy va texnik yechimlar:
Qurilma drayverlarini yangilang!
Buning uchun qurilma platasiga va dasturiy ta'minot versiyasiga (masalan operatsion tizim - Windows 10, plata turi - Intel® H510 (LGA 1200) micro ATX) qarab o'zingizga kerakli drayverni topish, yuklab olish va o'rnatish zarur. Yoki driver booster orqali avtomatik yangilash kerak.
Shikastlangan tizim fayllarini va diskdagi muammolarni toping va tiklang!
CMDda sfc /scannow va chkdsk C: /f /r buyruqlari bilan shikastlangan tizim fayllarini va xotiradagi muammolarni topish va tiklash mumkin.
mdsched.exe buyrug'i bilan asosiy RAMdagi xatoliklarni bilib olishingiz mumkin.
Asosiysi texnik tomondan RAM va HDD disklarini tekshirib ko'rish va to'g'ri o'rnatilganligiga ishonch hosil qilish kerak. Ularni olib tozalab qayta o'rnatib ko'rish zarur. Ko'pincha bu kontaktlar tegmasligi va xotiralarning plataga mos kemasligidan ham yuz beradi.
⚠️ Eslatma: Ushbu usullar har doim ham 100% aniq natija bermasligi mumkin. Agar muammo davom etsa, mutaxassisga murojaat qilganingiz ma’qul.