BRAWL STARS 5v5 TURNIR QOIDALARI

BRAWL STARS 5v5 TURNIR QOIDALARI


BRAWL STARS 5v5 TURNIR QOIDALARI

1. Jamoalar tuzilishi

Turnir boshida barcha ishtirokchilar komandalar qur’asi orqali tasodifiy ravishda jamoalarga taqsimlanadi.

Har bir sinfdan 1 ta jamoa ishtirok etadi.

Har bir jamoa tarkibi: 5 nafar asosiy o‘yinchi.

2. O‘yin formati

O‘yinlar 5v5 ko‘rinishida o‘tkaziladi.

Har bir matchup navbatma-navbat boshlanadi (jadval asosida).

O‘yin davomida o‘yinchilarning qurilmalari va interneti o‘z zimmasiga — texnik muammolar uchun hakam javobgar emas.

3. O‘yin rejimlari

Quyidagi rejimlar turnirda ishtirok etadi:

Kristallar jangi (Gem Grab)

Futbol (Brawl Ball)

Nakaut (Knockout)

Zachistka (Wipeout)

Aeroboy (Hot Zone)

4. Rejim tanlash tartibi (Random + Ban jarayoni)

Har bir o‘yin boshlanishidan oldin qaysi rejim o‘ynalishi RANDOM tarzda tanlanadi.

Rejim tanlanganidan so‘ng shu rejimga tegishli kartalar ro‘yxati ko‘rsatiladi.

Jamoa kapitani ban jarayonida ishtirok etadi:

Kapitanlar navbatma-navbat kartalarni ro‘yxatdan olib tashlaydi (ban qiladi).

Har bir kapitan navbati kelganda faqat 1 ta kartani ban qiladi.

Jarayon oxiriga kelib faqat bitta karta qoladi — va o‘yin ana shu kartada o‘tkaziladi.

5. O‘yin qoidalari

O‘yin davomida qasddan chiqib ketish, AFK bo‘lish yoki sabotaj qilish taqiqlanadi.

Hamma o‘yinchilar bir xil hisobda boshlaydi.

O‘yin davomida faqat turnir hakami yakuniy qaror qabul qiladi.

O‘yin boshlanmasidan oldin jamoalar brawler tanlashga 1 daqiqa vaqt oladi.

Xuddi shu o‘yin ichida dublikat brawler (bir xil qahramonni ikki o‘yinchi olish) taqiqlanadi.

6. G‘olibni aniqlash

Har bir raundda tanlangan rejim va karta bo‘yicha 1 ta o‘yin o‘tkaziladi.

Raqibni yenggan jamoa keyingi bosqichga o‘tadi.

Finalgacha shu tizim davom etadi.

7. Intizom va tartib

Hakamga nisbatan hurmatsizlik, boshqa jamoaga haqorat — diskvalifikatsiyaga olib keladi.

O‘yin boshlanganidan keyin 2 daqiqa ichida jamoa to‘liq tayyor bo‘lmasa — texnik mag‘lubiyat.

Report Page