BOʻKADAN SALAVKIYLAR SARKARDASINING NOYOB KOʻZASI TOPILDI
Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining maʼlumotiga koʻra, Boʻka tumanidan tuxumsimon 2 ta xum va 2 ta Toshkent vohasining oʻrta asrlarga oid arxeologik yodgorliklariga tegishli ashyolar topilgan.
Ayniqsa, ular orasida sirtiga ayol qiyofasi boʻrttirib gavdalantirilgan toshbaqasimon koʻza noyobdir. Bunday idish Toshkent viloyatida ilk bor topildi. U qadimgi yunon anʼanasiga mos ravishda ishlangan. Bu qadimgi Choch-Toshkent hududiga salavkiylar sarkardasi Demodamning (miloddan avvalgi III asr) kelishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Idishda yunon maʼbudasining tasviri oʻz aksini topgan.

Xuddi shunday qiyofa Turkiyada miloddan avvalgi II asrda qurilgan Apollon ibodatxonasida ham bor.