BOYQO‘RG‘ONLIK SPORTCHI

BOYQO‘RG‘ONLIK SPORTCHI


Poytaxtimizning Yashnobod tumanida bir sportchi bor. Boyqo‘rg‘onlik Sherzod Abdullayev o‘n yoshidan beri sport bilan shug‘ullanib keladi. Taekvando, Jeet Kune Do, kikboksing va qo‘l jangi turlarida o‘zini sinab ko‘rgan bolakay mashhur bo‘lishni orzu qilardi. Kikboksing bo‘yicha ko‘p karra O‘zbekiston chempioni bo‘lgan sportchimiz xalqaro musobaqalarda ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilib kelmoqda. Sherzod aka dastlab, Portugaliyada bo‘lib o‘tgan Yoshlar ortasida Full contact musobaqasida Jahon chempioni bo‘ldi. 2015-yilda Rossiyada kechgan chempionatda kattalar o‘rtasida Jahon kubogi sovrindori, 2017-yilda Turkmanistonda Osiyo o‘yinlari ishtirokchisiga aylandi.

Vaqt o‘tgan sayin umidli sportchimiz ko‘ksini medallar shodasi bezadi. 2018-yil iyun oyida kikboksing bo‘yicha Amerika ochiq chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2019-yil fevralda «Combat at the Capital 43» shou oqshomida kechgan professional jangda hakamlar bir ovozi bilan g‘olib deb topildi. Bir oydan keyin kechgan «Combat at the Madison Square Garden» shou oqshomida nakaut hisobi bilan g‘alaba qozondi. 2020-yili «Combat at the Madison Square Garden» shou oqshomida ham sport g‘alabasini yangiladi.

Amerikalik professional sportchilar o‘rtasida o‘z nufuziga ega Sh. Abdullayev tinmay izlanadi. Mashaqqatli mashg‘ulotlar samarasidan masrur sportchi kelajakda Yashnobodda o‘z sport maktabini ochishni niyat qilgan.  

Ezgu niyat amalga oshishiga ishonamiz, sportchi!

Ibrohim AKMALOV,

poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi 287-umumta’lim maktabining 6-«D» sinf o‘quvchisi

Report Page