BO'SH ISH O'RINLARI YARMARKASI O'TKAZILDI
https://telegra.ph/Joriy yilning 23-yanvar kuni Samarqand viloyati Samarqand shahar Narpay koʻchasida joylashgan “KASBIY KO‘NIKMALAR MARKAZI” binosida Viloyat hokimligining 2026 yil 19-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi va Xususiy bandlik agentliklari federatsiyasi bilan hamkorlikda “XORIJDA ISHLASH ISTAGIDA BO‘LGAN FUQAROLAR UCHUN MEHNAT YARMARKASI” ni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha 02-01/10-sonli chora-tadbirlari dasturiga muvofiq mehnat yarmarkasi oʻtkazildi.
Oʻtkazilgan quyidagi yarmarkada Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti 2025-2026 oʻquv yili bitiruvchilari va avvalgi oʻquv yillarida bitirgan, hozirgi kunda ishsiz boʻlgan, xorijiy davlatlarda ishlash istagini bildirgan 100 ziyod talabalar hamda fakultetlarda ishsiz talabalarga ma’sul professor-oʻqituvchilar, registrator ofis bo'limi boshlig'i A.Ismatovlar ishtirok etishdi.
Yarmarkada viloyatdagi mavjud 20 dan ortiq Xususiy bandlik agentliklari chet davlatlardagi mavjud boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisida oʻzlarining e’lon va reglamentlarini namoyish etib ishtirok etishdi. Ular tomonidan ishtirokchilarga xorijiy davlatlarda ishlash uchun zarur boʻlgan xujjatlar, ish joylari va yashash sharoitlari toʻgʻrisida ma’lumotlar berildi.
Ishtirok etgan bitiruvchilar qaysi Xorijiy davlatlarda qanaqa kasb egalari uchun boʻsh ish oʻrinlari mavjudligi toʻgʻrisida hamda xorijda ishlash uchun oʻzlarini qiziqtargan barcha savollariga javob olishdi. Xorijiy davlat ishlash istagi yuqori boʻlgan bitiruvchilar Xususiy bandlik agentliklari bilan kelgusida oʻzi istagan chet davlatda ishlash uchun shartnomlar imzolash boʻyicha zaruriy ma’lumot va tushunchalar olishdi.
Axborot xizmati