BOOTCAMPDA DASTURLASHNI OʻRGANING

BOOTCAMPDA DASTURLASHNI OʻRGANING

Personal Development Process
O'zbekistonda ilk marotaba BootCampda dasturlashni o'rganing!


ABITURYENT, TEST, OMADSIZLIK!

(Ota-onalar va talabalik nasib qilmagan abituryentlarga maslahat.)

Bu yil oʻqishga kirolmadingiz. Xoʻsh endigi rejalaringiz qanday? Yana abituryentlik, yana 1 yil repetitorga qatnash, pul xarajat qilib yana oʻqishga tayyorlanishmi yoki mutaxassislik talab qilmaydigan ishga kirishmi, balki xorijga ishlash yoki oʻqishga ketish niyati paydo boʻlgandir? Nima boʻlganda ham har tomonlama chuqur oʻylab bir qarorga keling.

Shunday murakkab vaziyatda, qaror qabul qilishda qiynalayotgan yoshlarga bizning doʻstona maslahatimiz - DASTURLASHni oʻrganing!

Dasturchi - bugungi kunda eng keng tarqalgan va hamma sohada kerak boʻladigan mutaxassisdir.

Dasturchi - axborot va kompyuter texnologiyalari davrida eng zamonaviy yetakchi kasb egasidir.

Dasturchi - mehnat bozorida yuqori daromad oladigan mutaxassisdir. Misol uchun, dunyoning eng boy odamlari roʻyxatiga qarash shart emas, oddiy ish eʻlonlariga ham qarasangiz boʻladi, ularga ish haqi boshqa vakansiyalarga qaraganda yuqoriroq taklif qilinadi.

Dasturchi - diplom qatʻi talab qilinmaydigan kasblardan biridir. Agar uni bilimi haqiqatda kuchli boʻlsa yoki qaysidir texnologiyalarni yaxshi bilsa ishga kirishda oliy maʻlumot haqida diplomining yoʻqligi muammo boʻlmaydi. Bemalol xususiy kompaniyalarda ish topib faoliyat yuritishi mumkin.

Dasturchi - vaqt va joy tanlamasdan ishlaydigan kamyob kasblardan biri. Xohlasa kechasi, xohlasa kunduzi ishlashi mumkin. Buyurtmalarni boshqa davlatdan online olishi, xohlasa ofisda yoki uyida, oʻziga qulay joyda ishlash imkoniga ega mutaxassis. Buning uchun unga oldida noutbook boʻlsa kifoya.

KASB TANLASHNING ZAMONAVIY YOʻLLARI

Yurtimizda ilm olishga, kasb egallashga qiziqadigan yoshlarning koʻpligi, lekin oily taʻlim muassalariga kirish tanlovining qiyinligi va joyning kamligi, oqibatda oʻqishga kirolmagan yoshlar boshqa imkoniyat topolmay qolishi holati PDP akademiyasida dasturlashni oʻrgatish boʻyicha Bootcamp oʻquv dasturini tashkil qilishga turtki boʻldi.

Davlat test markazining maʻlumotiga koʻra bu yil 675 049 nafar abituryent oliy taʻlim muassasalariga kirish uchun hujjat topshirgan. Umumiy qabul kvotasiga koʻra 87 165 nafar abituryent talabalikka qabul qilinadi. Demak, talaba boʻlish imkoniyati tahminan 7 ta abituryentdan 1 tasiga nasib qiladi. Bu degani 587 884 nafar abituryent bu yil talaba boʻlolmaydi.

Shuncha ilmga chanqoq yoshlarning aksariyati tushkunlikka tushib qolishi mumkin. Balki, keyingi yilga tayyorlanishni boshlar, balki ishlab kasb-hunar, tadbirkorlik bilan shugʻullanar, lekin keyingi qabulga, testgacha oldinda yana 1 yil bor! Shu vaqtdan unumli foydalanish eng muhim masaladir.

Test sinovlarida omadi kelmagan, lekin ilmga chanqoq, oʻz oldiga aniq maqsadlarni qoʻygan, vaqti va pulining  qadriga yetadigan yoshlarni dasturlashni oʻrgatish boʻyicha tashkil qilingan Bootcamp kursimizga taklif etamiz.

BOOTCAMP NIMA?

Bootcamp bu - chuqur va intensiv taʻlim boʻlib, unda asosiy eʻtibor aniq bir yoʻnalishga qaratiladi hamda shu yoʻnalishga aloqador boʻlmagan boshqa qoʻshimcha narsalarga chalgʻimasdan ilm olishga harakat qilinadi.

Coding (dasturlash)ni oʻrgatish boʻyicha bootcamp bu - ish beruvchilar yoki ishga tayyorlovchilarning yangi xodimlarga dasturlashni oʻrgatadigan va qobiliyatini shaklantiradigan texnologik taʻlim dasturi hisoblanadi. Coding bootcamplarda dasturlashning eng muhim jihatlariga eʻtibor qaratiladi va oʻrganuvchilarga kod yozishni, dasturlash orqali real hayotiy muammolarini hal qila olishni oʻrgatadi. Bootcampda oʻquvchilarga real va katta veb loyihalarda ishtirok etish uchun kerakli boʻlgan bilimlarni qisqa vaqt ichida toʻliq, batafsil oʻrgatish asosiy maqsad hisoblanadi. Natijada, belgilangan muddat ichida yuqori malakali kadrlar tayyorlanadi va ular katta loyihalarda ishtirok etish darajasiga olib chiqiladi.

Dasturlashni oʻrgatish bootcamplari 2011 yildan boshlab paydo boʻlib rivojlanishni boshlagan. Dasturiy taʻminotni yaratishni tezlashtirish maqsadida kompaniyalar qisqa muddatlarda oʻzlari uchun kadrlar tayyorlashga ehtiyoj sezdi va bootcamplar tashkil qilina boshladi. Bootcamplar aniq bir yoʻnalishda konkret masalalarni hal qiladigan mutaxassislarni qisqa muddatda tayyorlay olishi bilan universitetlarga raqobat qiladigan imkoniyatlarga erishdi. Xususan, dasturlashni oʻrganishda bu usul yaxshi natijalar koʻrsatgan.

2017 yilgi maʻlumotga koʻra AQSHda 95 ta Coding bootcamp tashkil qilingan. Oʻquv kurslar har xil muddatda, 8 haftadan 36 haftagacha davom etgan. Bugungi kunda AQSHda bootcamplarda oʻqish narxlari 9000 dan 21000 gacha AQSH dollarida baholanmoqda.

Oʻzbekistonda “PDP dasturlash va tillar akademiyasi” ilk bor dasturlashni oʻrgatish boʻyicha Bootcamp dasturini tashkil qilmoqda.

NEGA BOOTCAMP MUHIM?

Biz texnologiyalar rivojlanib borayotgan davrda yashayapmiz. Vaqt eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Biror mutaxassislikni oʻrganish uchun 4 yil universitetda oʻqish, kontrakt toʻlovini toʻlash talab qilinishi bilan birga asosiy mutaxassislikni egalash uchun zarur boʻlmagan fanlarni, mavzularni ham oʻrganish vaqtingizni oladi. Bootcamp asosida sizga aynan mutaxassis sifatida ishlatadigan, kerakli boʻlgan mavzular oʻrgatiladi. Chunki, kelgusi mehnat jarayonida sizga oʻz ishingizni yaxshi bilganingiz uchun pul toʻlashadi. Biz sizga taklif qilayotgan taʻlim usulida qisqa vaqtda toʻliq mutaxassisga aylanasiz. Mutaxassislikni egallagandan keyin moliyaviy va mehnat sharoitingizga qarab xohlagan vaqtingizda universitetga o’qishga kirishingiz mumkin. Dasturlashni oʻrganib keyin oliy taʻlimga oʻqishga kirish kontrakt toʻlovi uchun mablagʻ topishning eng optimal yechim boʻladi, deb hisoblaymiz.

BOOTCAMPDA OʻQISH UCHUN NIMALAR TALAB QILINADI?

Bootcamp guruhlariga 16 yoshdan yuqori boʻlgan, kamida oʻrta taʻlim maʻlumotiga ega, kompyuterdan foydalanishni biladigan, ingliz tilidan boshlangʻich bilimga ega xohlovchilar qabul qilinadi.

Talabaning oʻzida shaxsiy noutbuk boʻlishi talab etiladi.

Biz sizga taklif qilayotgan taʻlimda veb dasturlash yoʻnalishida toʻliq dasturchi (Full stack developer) boʻlish imkoniyati mavjud. Buning uchun avval bir hafta davomida sizda dasturchi uchun talab qilinadigan harakter va minimum bilimlar borligi tekshiriladi. Yani mavzularni sabr bilan oʻrganish, tirishqoqlik, ingliz tilini bilish darajasi (dasturlash tillari, texnologiyalari ingliz tilida ishlagani tufayli, ingliz tilini kamida boshlangʻich darajada bilish talab etiladi), kompyuterda ishlash qobiliyati oʻrganiladi.

OʻRGANILADIGAN TEXNOLOGIYALAR VA TILLAR

Front-end Development: HTML, CSS, Bootstrap, Sass, JavaScript, jQuery, jQuery plugins, Gulp;

Back-end Development: Java Core, Java OOP, Java Advanced, Node JS texnologiyalari;

Database Development: Oracle, PL SQL Developer, PostGreSql, MongoDb;

Spring texnologiyalari: Java JSP, Java Servlet, Java JDBC, Java JSTL, Spring MVC, Spring JPA, Spring Boot, Spring Security, Spring Web Services;

Automation Testing, Project management va boshqa texnologiyalar: Selenium, Junit, TestNG, XPath, Cucumber, Agile, Scrum, Maven, Git;

English: General English, dasturchilar uchun talab etiladigan ingliz tili saboqlari.

DAM OLISH

Dasturchilar odatda katta loyihalar ustida jamoa boʻlib ishlashadi. Jamoaning muvaffaqiyatli ishlashida jamoa aʻzolaring ahil va inoq, bir birini yaxshi tushunadigan hamfikr boʻlishi muhim ahamiyatga ega. Bootcamp oʻquv jarayonlarida aqliy mehnatdan tashqari jismoniy tarbiya, dam olish tadbirlari ham uyushtirib boriladi. Xususan, boʻsh vaqtlarda bovling, futbol oʻynash, toqqa sayohatlar tashkil etib boriladi.


Bundan tashqari boʻlajak dasturchilar Game developmentdan ham xabardor boʻlishi maqsadida PlayStation yoki shunga oʻxshash jamoaviy konsol oʻyinlar ham uyushtiriladi.

Bootcamp oʻquv jarayonida talabalarni koʻp darslar bilan zeriktirib qoʻymasalikka va har tomonlama aktiv boʻlishiga, kuchli motivatsiya-ishtiyoqda ushlab turishga harakat qilinadi.


BOOTCAMPDA OʻQUV JARAYONI QANDAY TASHKIL ETILADI?

Full stack development o'quv rejasi:

Davomiyligi:        40 hafta;

Guruh sigʻimi:     15 talaba (bir guruhda);

Oʻquv tili:            O'zbek tili;

Darslar vaqti:      Haftada 5 kun (dushanba-juma), 40 soat. 8 soat (08:00 - 16:00);

BOOTCAMPDA OʻQUV KURSINING NARXI VA TO'LOV SHARTLARI

Birinchi sinov haftasi uchun 250 000 soʻm. Sinov haftasidan keyin o'zlashtirib keta olsangiz sizga to'lov kontarti beriladi. 40 hafta uchun jami 10 mln soʻm. 

Narx qimmat tuyulishi mumkin, lekin, quydagilar bilan solishtirib ko’ramiz:

Birinchi misol, universitetda 4 yil davomida 8700000 so’mdan jami 34800000 so’m kontrak to’lab dasturlashni boshlang’ich darajada o’rganib chiqasiz. 

Ikkinchi misol, qisqartirilgan, yani haftasiga 3 yoki 2 kun 2-3 soatdan dasturlashni o’rgatadigan o’quv kurslarining hozirdagi o’rtacha narxi 1 oyga 500000 so’m. Lekin, bu kurslarda siz dasturlashning faqat asosiy mavzularini o'rganasiz. 

Uchinchi misol, abituryentlarni tayyorlaydigan o’quv markazlarida o'qish narxi bir yilga o’quv markazning saviyasi va tajribasiga qarab 1 yilga taxminan 4 mln so’mdan 15 mln so’mgacha to’lov qilinadi. O'quv kursi sizga universitetga kirish kafolatini bermaydi va siz hech qanday hunar egasi bo’lmaysiz. Agar o'qishga kirsangiz ham birinchi misoldagi holatga tushasiz. 

Bootcamp o'quv kursida 1 soat dars uchun atiga 6250 so’m to’laysiz. 10 oydan so’ng tayyor dasturchi bo'lib shakllanasiz. Bu narx Sizga katta summa ko'rinayotgan bo'lishi mumkin, lekin Siz bu pulga bir kasbga ega bo'lasiz. Texnologiyalarni yaxshi o'zlashtirsangiz bu pulni tez topa olasiz.

Vaqtingiz va naqdingizni qadriga yeting.

Oʻquv kurslariga oldindan toʻlov qilinadi. Shartnoma asosida naqd, pul o‘tkazish, bank plastik kartalari orqali to‘lovni amalga oshirish mumkin.

NATIJA

Bootcamp bitiruvchisi Full-stack web developer uchun kerakli boʻlgan barcha bilimlarni oʻrganadi. Mehnat bozorida Full-stack developer lavozimlariga daʻvo qilishi mumkin. Bundan tashqari, Front-end developer, Back-end developer, Software developer, Java developer, Software engineer, QA automation tester, QA engineer kabi lavozimlarda ham ishlashi mumkin boʻladi.

Oʻquv markaz tomonidan bitiruvchilarga Bootcampni yakunlaganini tasdiqlovchi guvohnoma beriladi. Yaxshi oʻzlashtirgan talabalar PDP akademiyasining dasturchilar jamoasiga taklif etiladi yoki xususiy sektor, davlat organlariga tavsiya qilinadi.

Siz bir necha loyihalar va 3 oylik tajriba bilan Bootcamp kursini bitirasiz.

Bootcampda oʻqish orqali siz:

  • keyingi 2019 yilgi test sinovigacha, aniqrogʻi 10 oy ichida eng zamonaviy va daromadli kasbni egalab boʻlasiz;
  • 4 yil davomida har yili 8 700 000 soʻm toʻlab (2018-2019 yil oʻrtacha narxi) egallaydigan bilim va malakani qisqa muddat va arzon narxda egallash imkoniyatiga ega boʻlasiz;
  • keyingi yil oʻqishga kirish oldidan siz yaxshi ish haqi toʻlanadigan, mehnat bozorida talab katta boʻlgan tayyor mutaxassisga aylanasiz. Talabalik davridagi moliyaviy xarajatlaringizni oʻzingiz qoplashingiz bilan birga oilangizga ham yordam berish imkoniga ega boʻlasiz.

Agar siz ingliz tilini yaxshi bilsangiz va BootCampda dasturlashni oʻrganib kursni tugatsangiz, siz uchun xorijda oʻqish va ishlash eshiklari ochiladi. Chunki, dasturlash tilini butun dunyoda bir xil tushunishadi.

Bootcamp oʻz talabalariga shunday bilim va imkoniyatlarni beradi!

Personal Development Process

Bizning manzil: Toshkent sh. Mirobod tum. Afrosiyob ko'ch. 4-uy. "Grand Trade" biznes markazi 3-qavat

Moʻljal: “Kosmonavtlar” metro bekati. Turkmaniston elchixonasi ro’parasida.

Shuningdek, qoʻshimcha maʻlumotlar uchun biz bilan bog’lanishingiz mumkin.

Sayt: http://pdp.uz/

Telefon: + 99897 447 47 41

Telegram: @PdpUzAdmin

Telegram-kanal: @PdpUzAcademy

Facebook: fb.me/pdp.uz

Report Page