“BOLAM BAXTLI BO'LSIN DESANGIZ”

“BOLAM BAXTLI BO'LSIN DESANGIZ”

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Kogon tuman bo'linmasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  PQ-5040-sonli qarori ijrosi hamda viloyat hokimining 2022-yil 29-yanvardagi 1/654-6-sonli viloyat Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining 2022-yilga mo‘ljallangan mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha korxona va tashkilot hamda muassasalarda har hafta seshanba kuni “Ma’rifat soati” o‘tkazish rejalashtirilgan.

Joriy yilning 16-avgust kuni Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Kogon tuman bo'linmasi, Bolalar musiqa va sa'nat maktabi bilan hamkorlikda shuningdek, tuman xalq ta'limi bo'limiga qarashli maktablarda "Bolam baxtli bo'lsin desangiz”mavzusida “Ma’rifat soati” o'tkaziladi.

21-IDUM

Bolalarning xulq atvoridagi xatolar ota-onalarning xatolaridir. Oila, oila a'zolarining, ayniqsa ota-onaning axloqiy-ma'naviy yetukligi va ma'rifiy qarashlari farzand tarbiyasi va kamolida eng zarur va muhim omillaridan biri hisoblanadi. Oila bolalarni kelajakdagi er-xotinlik, shuningdek oilaviy hayotiga tayyorlovchi maktabdir.

O'zbekiston Respublikasining "Oila kodeksi"da: "Ota-ona o'z bolalarini tarbiyalash huquqiga ega va tarbiyalashi shart. Ota-ona o'z bolalarining tarbiyasi va kamoloti uchun javobgardir",deb ta'kidlangan.

Bolalar musiqa va sa'nat maktabi

Ular o'z bolalarining sog'ligi, jismoniy, ruhiy, ma'naviy va axloqiy kamoloti haqida g'amxo'rlik qilishlari shart», - deyiladi. Shuni innobatga olib oilada kamolga yetayotgan har bir shaxsni mustaqil fikr yuritadigan, aql-idrok sohibi qilib yetishtirish muhim hisoblanadi. 

12-maktab

Haqiqatan ham, mustaqil insongina har qanday qiyinchiliklarga bardosh berib, hayotda o'ziga to'g'ri yo'l topa oladi va boshqa oila a'zolarining ham haqiqiy yuksak inson bo'lib yetishishiga zamin yaratadi.

11-maktab
18-maktab
18-maktab

Zero, tarbiya -shaxsning ma'naviy   va  aqliy  qiyofasini, hattoki butun taqdirini belgilovchi omildir. Ulug' mutafakkir Abdulla Avloniyning “Turkiy Guliston yoxud axloq” kitobida “Alloh taolo insonlarni asl xilqatda iste'dod va qobiliyatli, yaxshi bilan yomonni, foyda bilan zararni, oq bilan qorani ajratadigan qilib yaratgan. Lekin insondagi bu qobiliyatni kamolga yetkazish – tarbiya bilan bo'lur” - deyilgan. Farzandga to'g'ri tarbiya berish esa oiladan boshlanadi. Oilada farzandlarning har tomonlama kamol topishi uchun ma'naviy- axloqiy sharoitlar yaratilsagina muvaffaqiyatlarga erishiladi.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Kogon tuman bo'linmasi



Report Page