BOLALARGA E’TIBORLI VA OGOH BO’LAYLIK !

BOLALARGA E’TIBORLI VA OGOH BO’LAYLIK !

Samarqand FVB
Samarqand viloyati FVB axborot xizmati

Samarqand viloyatida joriy yilning o’tgan 8 oyi davomida jami 712 ta yong’in sodir bo’lgan. Yong’inlardan ko’rilgan moddiy zarar miqdori 9 mlrd 693 mln so’mni tashkil qilib, yong’inlar oqibatida 9 nafar fuqaro vafot etgan, 22 nafar fuqaro turli darajadagi kuyish tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan. Yong’inlar 2020 yilga nisbattan 118 taga yoki 19,9 %ga ko’paygan, Shuningdek, yong’inlarning kelib chiqish sabablari bo’yicha birgina yosh bolalarning sho’xligi natijasida 2020 yilning shu davriga nisbattan 23 taga oshgan bu ko’rsatkich (2020 yil 67 ta – 2021 yil 90 ta).

Samarqand viloyati FVB axborot xizmati

Bunga misol: Bulung’ur tumani “Lalmikor” MFY, Eshmonto’p qishlog’ida yashovchi 1958 yilda tug’ilgan A.Nning yashash uyining 80 kv.m shift, tom va uy jixozlari yongan. Yong’indan uyining 100 m2 maydoni saqlab qolingan. Yong’inning sababi voyaga yetmagan 2012 yilda tug’ilgan S.Bning gurgut o’ynashi natijasida sodir bo’lgan.

Samarqand viloyati FVB axborot xizmati
Samarqand viloyati FVB axborot xizmati
Samarqand viloyati FVB axborot xizmati

Yuqoridagilarni inobatga olib, Samarqand viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va uning Davlat yong’in nazorati xodimlari hamda  Maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari bilan birgalikda Maktabgacha ta’lim tashkiloti, Nodavlat ta’lim tashkiloti va aholi yashash joylarda bolalarga yong’in xavfsizligi qoidalarini va yong’in sodir bo’lganda harakat qilish tartibini o’rgatish hamda ularning ota-onalariga  bolalarni uyda yolg’iz qoldirmaslik, yoqilgan pechlarni nazoratsiz qoldirish hamda ularni nazorat qilishni yosh bolalarga topshirmaslik, xonada bolalar bo’lganda olovli ishlarni bajarmaslik, bolalarga tez yonuvchi materiallardan tikilgan kiyimlar kiygizish kabi ishlarni muntazam ravishda o’rgatish maqsadida targ’ibot va tashviqot ishlari o’tkazilib kelinmoqda.

Azamat EGAMBERDIYEV
Samarqand viloyati FVB bo’limi boshlig’i, mayor                               


Report Page