BODRING yetishtirish

BODRING yetishtirish

t.me/ykfoundation

      Ahamiyati. Bodring mevasi asosan 7-10 kunligida yangi uzilgan holida iste’mol qilinadi. Uni marinadlab va konservalab ham ishlatiladi. Bodring mevasi ishtahani ochadi hamda boshqa ovqatlarni hazm qilishga yordam beradi. Undan kosmetologiyada ham foydalaniladi. Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar. Bodringni Ranniy–645, O‘zbekiston–740, Navro‘z, Omad, Talaba va chet el duragaylaridan Alibi, Asteriks, Regal, Ayaks, Superina kabi navlari ekiladi.

    Urug‘ tanlash. Ekiladigan bodring urug‘i toza, unuvchanligi yuqori, kasalliklardan xoli, butun va to‘la bo‘lishi zarur. Urug‘lar boshqa o‘simliklar urug‘lari va aralashmalaridan tozalanadi. Urug‘lar ekish oldidan iliq suv yoki o‘sishni boshqaruvchi moddalardan birida 10–12 soat davomida ivitib qo‘yiladi.

    Yerni tayyorlash. Bodring uchun unumdor, gumus miqdori yuqori bo‘z va o‘tloqi bo‘z tuproqlarga ekish maqsadga muvofiq. Urug‘ ekiladigan maydonlar o‘tmishdosh ekin qoldiqlari va begona o‘tlardan yaxshilab tozalanadi. 1 sotixga 200 kg (10 sotixga 2 tonna) chirigan go‘ng solinadi. Chirigan go‘ng bilan birgalikda mine­ral o‘g‘itlar solinadi. Tuproq 30–35 sm chuqurlikda chirigan go‘ng va mineral o‘g‘itlar bilan aralashtirilib yumshatiladi. Yirik kesaklar maydalangach, yaxshilab tekislanadi va sug‘orish egatlari olinadi.

    Ekish muddati va sxemasi. Ertagi bodring janubiy mintaqalarda ochiq maydonlarda 1–10-aprelda, markaziy mintaqada joylash-gan va vodiy viloyatlarida 10–20-aprelda, shimoliy mintaqalarda 20–30-aprelda; o‘rtagi muddatda janubiy viloyatlarda 20-aprel – 5-may, markaziy mintaqada joylashgan viloyatlarda 1–10-may, shi-molda 1–15-may, kechki bodring janubda 10–20-iyulda, markaziy mintaqalarda 15–30-iyun, shimoliy mintaqalarda 15–25-mayda eki­ ladi. Ertagi mahsulot yetishtirish uchun 70+140/2x40 sm sxemada urug‘ ekiladi. Bunda qatorlar orasi 70 sm, pushlaral orasi 140 sm va o‘simliklar oralig‘i 40 sm.ni tashkil etadi. Urug‘lar qo‘lda 4–5 sm chuqurlikka ekiladi. Urug‘ sarfi 1 sotixga 20–30 gr (10 sotixga 200–300 gr).

    Parvarishlash. Unib chiqib nihollar paydo bo‘lganda birinchi va 2-3 ta chinbarg paydo bo‘lgandan keyin esa ikkinchi marta ya-gana qilinadi. Qator oralarini qo‘l kuchi yordamida ketmon bilan 15–16 sm chuqurlikda o‘simlik atrofi bilan yumshatib turish, mine­ ral oziqa va suv berib borish kerak. Suvga talabchanligi jihatdan bodring sabzavot ekinlari orasida birinchi o‘rinda turadi. Naycha-lash va mevasi yetila boshlagan davrda bodring suvni ayniqsa ko‘p talab qiladi.O‘suv davri mobaynida sizot suvlari yaqin joylarda 8-9 marta sizot suvlari chuqur joylashgan maydonlarda esa 12-14 mar-ta sug‘oriladi. Har ikki-uch sug‘orishdan keyin qator oralari 15–16 sm chuqurlikda yumshatib boriladi.

    O‘g‘itlash. 1 sotix yerdagi bodring sof holda 5,8 kg sulfat am-moniy, 2,2 kg ammofos, 1,5 kg kaliy xlor o‘g‘itlari bilan oziqlan-tiriladi. Bodringni oziq moddalarga talabi yuqori. O‘suv davri davomida 1-2 marta qo‘shimcha Gummat print, Roslin va Nitrolin kabi moddalar bilan oziqlantiriladi.

   Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish. Bodring urug‘larini 1 kg ga 2 foizli 34% Vitavaks, 1,5% li 60,7% Previkur bilan ishlov berish ayrim kasalliklarni oldini oladi.

Bodringni pashshalar, shiralar, tripslar, oqqanot ko‘proq zararlay-di. O‘simlikning o‘suv davrida 10 sotix yerga hashoratlarga qarshi hosilni yig‘ishdan 20 kun oldin ikki marta Atilla super 10% m.k. yoki Mospilan 20% n.kuk. (25–30 g) sepiladi. Antraknoz, peronosporoz,­ askoxitoz, dog‘lanishlar, bakterioz va un shudringlar kasalliklarga qarshi Kolosal Pro m.k. (200–300 g/l), Pinko 10% em.k. (0,25 l/ga), Kurzat R n.kuk. (200–250 g) yoki 1 foizli Bordo suyuqligini qo‘llash mumkin. 60–70 litr suvga tayorlangan aralashma ishlatiladi.

    Hosilni yig‘ishtirish. Bodring mevalari 5 sm dan katta bo‘lgan-dan boshlab xosili yig‘ib olinadi. Xosil xar 2-3 kunda bir teriladi. Yig‘im-terim jarayonida o‘simlik palaklariga zarar yetkazmaslik lozim. Vaqtida terib olinmagan xosil sarg‘ayib ketadi.

    Iqtisodiy samarasi. 10 sotix maydonga 200 g urug‘ uchun 100 ming so‘m sarflanadi. Umumiy xarajatlar 3 500 000so‘mni tashkil etadi. Hosilning bir kilogrami eng past narxda 5000 so‘mdan sotil-ganda 15 mln. 500 ming so‘m bo‘ladi. Shunda 10 sotix maydondan 12 mln. so‘m sof foyda olish mumkin.

Menyuga qaytish.

Report Page