BOBURNING BARHAYOT BOG‘LARI

BOBURNING BARHAYOT BOG‘LARI

Saodar Qurbonova

“Saxovati va mardligi, iste’dodi, ilm -fan, san’atga muhabbati va ular bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanishi jihatidan Osiyoda podshohlar orasida Boburga teng keladigan biror Podshoh topilmaydi.”

Ingliz olimi Uilyam Erskin

Qadimdan ko‘chat ekib, bog‘ yaratish bu ezgu an’ana hisoblanib kelgan.

"Bogʻi Bobur",Kobul, Afgʻonistonda 1539 yilda barpo etilgan

Bog‘ yaratganning nomi barhayot yashaydi.Bugun siz bilan o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoh va shoir,tarixchi, geograf,davlat arbobi, qudratli buyuk sarkarda boburiylar sulolasining asoschisi temuriy shahzoda,millatimizning yorqin vakillaridan biri Zahiriddin Muhammad Bobur(1483.14.02 Andijon 1530.26.12 Agra) yaratgan go‘zal, jannatmakon bog‘lari haqida so‘z yuritamiz.Aziz o‘quvchilarimizga Bobur barpo etgan bog‘lar haqida eng qiziqarli faktlarni havola etamiz.Buyuk bobokalonimiz qay manzilga qadam qo‘ysa o‘sha joyning iqlimini o‘rganib go‘zal manzillarda ko‘zni yashnatuvchi bog‘lar barpo etganlar.Boburnoma asarida Bobur va uning yaqin beklari tomonidan barpo etilgan 17 ta bog‘ tilga olingan. Boburshoh 1504 yilda Kobul viloyatini qo‘lga kiritgach Kobul yaqinida “Bog‘i Bobur”, “Bog‘i Binafsha”,“Bog‘i Istolib”, “Bog‘i Navro‘ziy”,“Bo‘stonsaroy”,“Chorbog‘ ”,“Bog‘i Behishtiy”, “Bog‘i Nur”, “Bog‘i Xilvat” Istargacha yaqinida“ Bog‘i Podishoh”,“Pagmanda”,“Bog‘ikalon” kabi ajoyib, betakror bog‘larni bunyod etganlar.Mazkur bog‘larga yetti iqlimdan keltirilgan anvoyi gullar, mevali va manzarali daraxtlar ekilgan.

1.Bodom terish, Boburnoma asaridagi miniatyura

2."Bogʻi Vafo" bogʻi Boburnoma asaridagi miniatyura

Kobul chekkasidagi Xoʻja Seyaran bulogʻi, Boburnoma asaridagi miniatyura

“Bog‘i Bobur” bog‘i hanuzgacha poytaxt shaharning ko‘rki hisoblanadi.Bog‘i Boburning tog‘ yon tarafiga tutashgan sharq tarafida shoh farmoniga muvofiq 1508- yilda taxti Bobur ko‘shki qurilgan.Boburshoh Hindistonni egallagach o‘zining hukmronlik yillarida Odinapurda 1508- yilda valiahd shahzoda Xumoyun Mirzoning tug‘ilishi sharafiga “ Bog‘i Vafo ” bog‘ini bunyod etganlar.

1508-1509 yillarda Agra yaqinida “Bog‘i-Bixisht”, Dxolpurda “ Bog‘i Nilufar” Sikrida “Bog‘i Fath” bog‘larini barpo Zahiriddin Muhammad Bobur Afg‘oniston va Hindiston zaminida O‘rta Osiyo an’analari asosida bog‘lar bunyod etganlar.Jalolobod shahrida “Bog‘i Kalon ”,“O‘rtabog‘ ”, “Zarafshon bog‘ ”, “Dilorom bog‘ ”, “Orom bog‘ ”, “Bog‘i Jahonaro” bog‘larini, 1605-1625 yillarda "Bog‘i Ilmu-Ganja", "Bog‘i Jilovxona", "O‘rta Bog‘ ", "Bog‘i Sur'at", "Bog‘i Mohtob", qizi Gulbadanbegimga atab "Bog‘i Shahraro " bog‘ini bunyod etganlar.


Ushbu bog‘lar haqidagi ma’lumotlar ko‘pchiligi hozirgi kunda yozma manbalardagina qolgan. O‘zbekistonda ulug‘ bobokalonimiz sharafiga Toshkent shahri markazida Z.M. Bobur nomidagi Toshkent markaziy eko- bog‘i“ (1917.10.06.) Andijonda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 530 yillik munosabati bilan 1993-yilda ”Bog‘i Bobur“ bog‘i barpo etilgan.Boburshohning tug‘ilib o‘sgan yurti Andijonda bunyod etilgan ”Bog‘i Bobur" bog‘ida buyuk bobokalonimizning ramziy qabri mavjud, ushbu ramziy qabrga Kobuldan Boburshohning qabridan tuproq olib kelib qo‘yilgan.

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Toshkent markaziy eko-bogʻi

Andijondagi "Bogʻi Bobur" bogʻi


Ma’naviyati yuksak yurtda buyuk allomalarimiz yodi aslo unutilmaydi.Qalbimizda buyuk bobomiz yodi barhayot yashar ekan, ular barpo etgan bog‘lar ham barhayot yashagaydir.


Saodat Qurbonova

Nishon tumanidagi 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi






Report Page