Viloyat prokurori va viloyat IIB boshligʻi Boyovut tumanidagi “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan “Navbahor” mahallasini oʻrgandi

Viloyat prokurori va viloyat IIB boshligʻi Boyovut tumanidagi “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan “Navbahor” mahallasini oʻrgandi

@Boyovutliklar
Foto: Boyovut tumani hokimligi

Кирилл алифбосида ўқиш

Sirdaryo viloyati prokurori Sh.Aminov hamda viloyat IIB boshligʻi Sh.Mavlyanov tumandagi “Navbahor” mahallasining “Mingterak” va “Oʻzbekistonning oʻn yilligi” qishloqlarida boʻlishdi.

Viloyat sektor rahbarlari bu yerdagi koʻchalar, elektr tarmogʻi va ichimlik suvi bilan bogʻliq masalalarni oʻrgandi. Shu bilan birga qishloq aholi punktidagi mavjud umumiy oʻrta taʼlim maktabi holatini ham koʻzdan kechirishib, dastur doirasida amalga oshiriladigan ishlar hajmi bilan tanishishdi.

Foto: Boyovut tumani hokimligi
Foto: Boyovut tumani hokimligi

Sektor rahbarlari va tuman mutasaddilari “Mingterak” qishloq aholi puntida joylashgan 49-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi uchun qoʻshimcha bino qurish masalasini vazifa etib belgilab oldi. Undan tashqari mahallaning “Oʻzbekistonning oʻn yilligi” qishlogʻidagi oxirgi 20 yilda qurilgan yakka tartibdagi uy-joylar joylashgan koʻchalarni, shuningdek, eski noturar obyektlarni tartibga keltirish choralari koʻriladi.

Foto: Boyovut tumani hokimligi
Foto: Boyovut tumani hokimligi
Foto: Boyovut tumani hokimligi
Foto: Boyovut tumani hokimligi
Foto: Boyovut tumani hokimligi
Foto: Boyovut tumani hokimligi

Boyovut tumani hokimligi Axborot xizmati

Report Page